вписать адрес сайта
Qashqadaryo_moi@xtv.uz
Saytning
maxsus versiyasi
» » “ZO‘R!” (“KLASS!”) loyihasi doirasidagi tadbir
17
sentabr
2024

“ZO‘R!” (“KLASS!”) loyihasi doirasidagi tadbir

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha va maktab ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2024-yil 21-iyundagi PQ-231-son Qarori bilan tasdiqlangan institutining asosiy vazifalari qatoriga malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarining o‘quv reja va dasturlarini ishlab chiqish hamda ularni zamon talablari va xorijiy ilg‘or tajribalar asosida takomillashtirib borish, umumiy o‘rta ta’lim sohasidagi ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish va mamlakatimizda joriy etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish, xorijiy yetakchi ta’lim tashkilotlari bilan xalqaro aloqalarni rivojlantirish vazifalari belgilangan.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Rossiya Federatsiyasi Maorif vazirligi hamda “San’at, fan va sport” xayriya jamg‘armasi bilan hamkorlikda “2020-2030-yillarda O‘zbekiston Respublikasi maktablarida rus tili fanini va umumta’lim fanlarini rus tilida o‘qitishning sifatini oshirish”ga qaratilgan “ZO‘R!” (“KLASS!”) loyihasi amalga oshirib kelinmoqda.

Mazkur loyiha doirasida tajriba almashish, muhokamalar va maslahatlashishlar o‘tkazish, metodikaga oid maʼlumotlar almashish, ilmiy-tadqiqot va taʼlimga oid loyihalarni amalga oshirish maqsadida bugun, ya’ni 17-sentabr kuni Qashqadaryo viloyati Pedagogik mahorat markazida A.I.Gersen nomidagi Rossiya Davlat pedagogika universitetimetodisti Nikitina Yekaterina Yuryevna O‘zbekistondagi hududuy ish faoliyatini boshladi.

скачать dle 12.0