вписать адрес сайта
Qashqadaryo_moi@xtv.uz
Saytning
maxsus versiyasi
» » A.I.Gersen nomidagi RDPUning “Intensiv ta‘lim” kafedrasi katta o‘qituvchisi Savitskaya Yuliya Viktorovna Qashqadaryo VPYMO`M markaziga tashrif buyurdi va rus tili guruh tinglovchilari uchun seminar seminar mashg‘ulotini tashkil etdi.
19
iyun
2023

A.I.Gersen nomidagi RDPUning “Intensiv ta‘lim” kafedrasi katta o‘qituvchisi Savitskaya Yuliya Viktorovna Qashqadaryo VPYMO`M markaziga tashrif buyurdi va rus tili guruh tinglovchilari uchun seminar seminar mashg‘ulotini tashkil etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda Rossiya Maorif vazirligi bilan hamkorlikda “Zo‘r” (“Klass”) loyihasi amalga oshirilmoqda. Shu maqsadda joriy yilning 19 iyun kuni A.I.Gersen nomidagi RDPUning “Intensiv ta‘lim” kafedrasi katta o‘qituvchisi Savitskaya Yuliya Viktorovna Qashqadaryo viloyat pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markaziga tashrif buyurdi va rus tili guruh tinglovchilari uchun seminar mashg‘ulotini tashkil etdi.
Tashrif davomida xorijiy mutaxassis tomonidan quyidagilar amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda:
♦️ kasbiy kompetensiyalarni takomillashtirish boʻyicha aniqlangan ehtiyojlardan kelib chiqqan holda oʻqitish metodikasi boʻyicha malaka oshirish dasturlarini ishlab chiqish (dasturning davomiyligi kamida 72 soat, shundan 36 soati auditoriya mashgʻulotlari, har biri 12 soatdan 3 modulga boʻlingan holda);
♦️ rus tilini o‘qitish usullari bo‘yicha mahorat darslari va vebinarlarni tashkil etish;
♦️ rus tili o‘qituvchilarining didaktik materiallarini takomillashtirish.
♦️ rus tili o‘qituvchilari uchun uslubiy materiallar (uslubiy ko‘rsatmalar, uslubiy qo‘llanmalar, amaliy mashg‘ulotlar, uslubiy topshiriqlar to‘plami, ma’lumotnomalar, o‘quv ko‘rgazmali ishlanmalar va boshqalar) ishlab chiqish.¬♦️ maktab o‘quvchilarini rus olimpiadalariga jalb qilish bilan bog‘liq mintaqaviy tadbirlarni tashkil etish.

скачать dle 12.0