вписать адрес сайта
Qashqadaryo_moi@xtv.uz
Saytning
maxsus versiyasi

.

 MASOFAVIY TA’LIM KURSI TINGLOVChILARI UChUN
Bu kursda ishdan ajralmagan holda, 144 soatli o’quv reja asosidagi tizim topshiriqlari, mashg’ulotlari va test topshiriqlari 3 oy davomida o’qitiladi.
Mazmun jihatdan an’anaviy malaka oshirish kursi mazmuni doirasida shakllantirilgan.
Bunda masofadan malaka oshirish kursi o’quv materiallari o’zining dizayni, taqdim eilish va nazorat usuli vositalari hamda modul shaklida internet tarmog’i orqali tarqalish jihatlari bilan an’anaviy kursdan farq qiladi. Bu kurs oliy ma’lumotli o’qituvchilarini o’qitishning zamonaviy usullari va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bo’yicha malakasini masofadan o’qitish orqali oshirishga mo’ljallangan.    
Ushbu kurs 3 blokdan iborat.
  1. IJTIMOIYFANLAR BLOKI;
  2. UMUMKASBIYFANLAR BLOKI;
  3. MUTAXASSISLIK FANLARBLOKI;
Masofaviy ta’lim kursi tinglovchilari ta’lim jarayoniniIJTIMOIY FANLAR BLOKIdan boshlaydi.
    Bu blok 4 fandan ya’ni,
  • Iqtisodiyot masalalari;                    
  • Huquqmasalalari;
  • Milliy g’oya va ma’naviyat asoslari
  • Dolzarb masalalardan iborat.
Keyingi blok
UMUMKASBIY FANLAR BLOKI bo’lib, bu blokda 3 ta fan ya’niy,
  • Pedagogika masalalari;
  • Psixologiya masalalari;
  • AKT;
fanlari bilan shug’ullanadilar.
            So’nggi blokimiz
MUTAXASSISLIK FANLAR BLOKI bo’lib, bu blok 4 bo’limdan iboratdir.
  • Fanni nazariyasi va o’qitish metodikasi;
  • Fanni o’qitishda pedagogik texnologiyalar;
  • Fanni o’qitishda axborot texnologiyalari;
  • Xorijiy til;
Bu bo’limda
1. Fanni o’qitishda samarali ta’limga yo’naltirilgan zamonaviy pedagogik texnologiyalar, metod va vositalarni fanlarni o’qitish jarayonida qo’llashni o’rganiladi.
2. Darslarni rejalashtirish texnologiyalarini o’ziga xosligi, darslarni tashkil etish va o’tkazishda  shaxsiga yo’naltirilgan ta’lim texnologiyalaridan foydalanish na’munalari haqida ma’lumotlarga ega bo’ladi.
3.  Zamonaviy metod va pedagogik texnologiyalarni turli-tuman ko’rinishlarini amalga oshirish tamoyillari hamda yo’llarini bilishning ahamiyatini baholay olish, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va metodlardan samarali foydalanish bo’yicha malakalaringizni rivojlantiradi.
Kurs materiallarining mazmuni boyitish, sifatini oshirish sizlarning o’quv faoliyati davomidagi faol ishtirokingizga bog’liq. O’quv jarayonida duch kelgan muammolarini  yoki savollarni hamda fikr-mulohazalarini kurs forumida qoldirish mumkin.

Masofadan o'qitishni hududiy muvofiqlashtirish bo'limi
Masofaviy ta'lim kurslari

фильмы бесплатно