Qashqadaryo viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy 2021 yil 05 oktabrda o’tkazilgan o’quv-seminar
Qashqadaryo viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy 2021 yil 05 oktabrda o’tkazilgan o’quv-seminar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-yanvardagi “Xalq ta’limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-4963-son Qarori va Xalq ta’limi vazirligining 2021-yil 23-martdagi “Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlari faoliyatini takomillashtirish, kurslardagi ta’lim sifatini oshirish va uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 80-son buyrug‘i va A.Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot institutining 2021-yil 28-iyuldagi 01/09-730-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida 5 oktabr kuni Qashqadaryo viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazida o’quv-seminar o’tkazildi. O’quv seminarni A.Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqiot instituti “Uzluksiz kasbiy ta’lim” elektron platformasini joriy etish va rivojlantirish ilmiy-tadqiqot boʻlimi kichik ilmiy xodimi B.Xurramov ochib berdi. Unda tuman (shahar) XTB Chaqiruvga qadar boshlang’ich tayyorgarlik fani metodistlari hamda joylardagi ilg’or o’qituvchilar qatnashishdi. Seminar savol-javob tarzida qiziqarli o’tdi