вписать адрес сайта
Qashqadaryo_moi@xtv.uz
Saytning
maxsus versiyasi
» Qashqadaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgaish milliy markazi

Qashqadaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgaish milliy markazi

           Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti 1952-yilda Qarshi shahrida tashkil etilgan. 1985-yilda viloyat pedagogik xodimlar malakasini oshirish instituti, 1993-yilda viloyat xalq ta'limi xodimlari malakasini oshirish instituti maqomlari berilgan. 2005-yilda institut viloyat xalq ta'limi pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, 2015-yildan boshlab, Qashqadaryo viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, 2017-yilda Qarshi davlar universiteti huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi 2019-yilda esa Qashqadaryo viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi, 2022 yilda esa Qashqadaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgaish milliy markazi deb nomlanmoqda.
     Pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgaish milliy markazi tarkibida 5 kafedra:
1. Pedagogika, psixologiya va ta’lim menejmenti kafedrasi,
2. Maktabgacha, boshlang'ich va maxsus ta'lim kafedrasi,
3. Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi,
4. Amaliy va ijtimoiy fanlarni o’qitish metodikasi,
5. Tillarni o'qitish metodikasi kafedrasi mavjud.

       Pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgaish milliy markazi tarkibida quyidagi bo‘limlar mavjud:
1. O‘quv jarayonini tashkil etish bo‘limi,
2. Masofadan o‘qitishni hududiy muvofiqlashtirish bo‘limi,
3. Qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’limi jarayonini monitoring qilish va sifatini baholash  bo‘limi,
4. Ilg‘or pedagogik texnologiyalari va tajribalarni joriy etish bo‘limi,
5. Kadrlar bo‘limi,
6. Umumiy bo‘lim va arxiv,
 7. Axborot-resurs markazi
8. Xo‘jalik ishlari bo‘limi

           Markazga turli yillarda Xanafiy Sayfullin, Nabi Turdiyev, Abdulla Fattayev, Sattor Saidov, Said Sa’dullayev, Suyar Toshev, Ismat Xudoyberdiyev, Gulnoza Ernazarovalar rahbarlik qilgan.

     2018-yil fevral oyidan boshlab fizika-matematika fanlari nomzodi, Mallayev Amin Sayfullayevich rahbarlik qilmoqda.

       Malaka oshirish markazida ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirishga alohida etibor qaratilgan. Markaz jamoasi tomonidan malaka oshirish ta’limining turli muammolari hamda umumpedagogik yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy-metodik tadqiqotlar, izlanishlar olib borilmoqda.

       Malaka oshirish markazida tinglovchilarni qabul qilish qamrovi yildan-yilga oshib bormoqda. Malaka oshirgan tinglovchilar soni 1960-yillarda 3500-4000 nafarni, 1990-yillarda 4500-6000 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, bugunga kelib malaka oshirayotganlar soni 8000 nafardan oshdi. Institut Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, YUNISEF tashkilotining hamkorlik dasturlarida ishtirok etib kelmoqda.


фильмы бесплатно