вписать адрес сайта
Qashqadaryo_moi@xtv.uz
Saytning
maxsus versiyasi
» Pedagogika, psixologiya va ta'lim menejmenti kafedrasi

Pedagogika, psixologiya va ta'lim menejmenti kafedrasi

                                                  Pedagogika, psixologiya va ta'lim menejmenti kafedrasi
Pedagogika, psixologiya va ta’lim menejmenti kafedrasi 1989 yil 1-oktiyabrda tashkil etilgan. 2001 yil sentyabr oyidan kafedraga Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim kafedrasi birlashtirilgan. 2010 yil yanvar oyidan boshlab Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim kafedrasi mustaqil kafedra sifatida faoliyat ko‘rsatgan. 2014 yil dekabr oyidan boshlab, kafedra “Pedagogika psixologiya va ta’lim menejmenti” kafedrasi deb nomlangan. O‘tgan yillar davomida kafedrani psixologiya fanlari doktori, professor A.Jabborov pedagogika fanlari nomzodi S.Saidov, katta o‘qituvchi I.Ochilov, psixologiya fanlari nomzodi G.Mazidova, pedagogika fanlari nomzodi A.Choriyev, katta o‘qituvchilar A.Aminov, G.Nazarov va o‘qituvchi J.Jilovovlar boshqarib kelgan. Ushbu kafedrani 2011 yildan pedagogika fanlari nomzodi D.Kenjayeva va 2012 yil iyun oyidan katta o‘qituvchi G.Abduqaxxorova hamda katta o‘qituvchi M.Abduxoliqovalar boshqargan. Kafedrada 2014 yil noyabr oyidan katta o‘qituvchi D.Shaniyazova kafedra mudiri vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlagan. “Pedogogika, psixologiya va ta’lim menejmenti” kafedrasini  2015-yil sentabr oyidan 2018-yil fevralgacha falsafa fanlari nomzodi dosent T.Rasulov boshqargan. Kafedra professor-o'qituvchilaridan falsafa fanlari nomzodi dosent T.Rasulov, dotsentlar Sh.Nurullayeva va o’qituvchilar D.Shaniyazova, O.Ochilov, H.Yaratov, N.Baratova, A.Soatov, N.Raxmatova,  G.Abduqahhorova, L.Meylieva, N.Usmonov, D.Usmonova, D.Bekmuradova va D.Yavkochdiyevalar faoliyat ko’rsatgan.
Kafedra "Malaka oshirish tizimida o’qitiladigan pedagogik, psixologik fanlar ta’limi jarayonini insonparvarlashtirish va demokratlashtirish muammolari" mavzusida tadqiqot  ishlarini olib bormoqda.
Kafedrada 2024 yilda 12 ta shtat mavjud bo'lib, professor-o'qituvchilardan 11 nafari asosiy shtat birligida, shundan 1 nafari PhD, 1 nafari dotsent va 9 nafari katta o'qituvchi sifatida faoliyat ko'rsatadi. Jumladan, professor-o'qituvchilardan falsafa fanlari nomzodi dosent T.Rasulov, PhD G.Abduqahhorova, katta o’qituvchilar D.Shaniyazova, O.Ochilov, H.Yaratov, N.Baratova, ,L.Meylieva, L.Berdiyeva, D.Bekmurodova, D.Usmonova, D.Yavkochdiyevalar ishlamoqda.

фильмы бесплатно