20
sentabr
2022
Tabiiy va aniq fanlar metodikasi kafedrasi o`qituvchilari Eshdavlatov F va B.Mamatovlar Koreya Respublikasiga xizmat safarida bo`lishdi. Ularning bajargan vazifalari yuzasidan markazda taqdimot o`tkazildi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Koreyaning Eksport-import bankining lqtisodiy rivojlanish va hamkorlik jamg'armasi ishtirokida "Maktab ta'iimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish" investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida" 2016-yil 20-iyundagi PQ-2563-son qaroriga asosan Xalq ta'limi vazirligi va KT Corporation o'rtasida 2019-yil 7-iyunda imzolangan UZB-9/GS/1-sonli shartnomada belgilangan malaka oshirish dasturida qatnashish uchun Tabiiy va aniq fanlar metodikasi kafedrasi o`qituvchilari Eshdavlatov F va B.Mamatovlar 26 avgustdan 8-sentabrga qadar Koreya Respublikasiga xizmat safarida bo`lishdi. O`qituvchilarning ushbu malaka oshirish dasturidan kelib chiqib bajargan vazifalari yuzasidan 2022 yil 20 sentaybr kuni milliy markazda taqdimot o`tkazildi.