30
aprel
2020
XALQARO LOYIHALARDA ISHTIROK ETISH – DAVR TALABI
О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 7 fevraldagi 56-f-sonli farmoyishi bilan tasdiqlangan О‘zbekiston Respublikasida 2020 yilda xalqaro va respublika miqyosida о‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik anjumanlar rejasiga asosan Qashqadaryo viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi tomonidan 2020 yil 30 aprel kuni “Malaka oshirish tizimida о‘qituvchilarni ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro loyihalarni amalga oshirishga yо‘naltirish: strategiyalar, innovatsiyalar va ilg‘or tajribalar” mavzusida о‘tkazilgan Respublika miqyosidagi onlayn ilmiy-amaliy Konferensiya respublikamiz ziyolilari orasida katta qiziqish uyg‘otdi.
Konferensiyada О‘zbekiston Respublikasi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, shuningdek, О‘zbekiston Respublikasi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini baholash bо‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish Milliy markazi, О‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, respublikamiz Oliy ta’lim muassasalari, A.Avloniy nomidagi Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti hamda viloyat Hududiy markazlari, xalq ta’limi tizimi tarkibiy tashkilotlari, jumladan, viloyat va tuman xalq ta’limi bо‘limlari, viloyatlar umumiy о‘rta ta’lim muassasalari, mustaqil izlanuvchilar va doktarantlar, magistr va talabalardan jami 152 kishi ishtirok etdi.Onlayn konferensiyani О‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni muvofiqlashtirish bо‘limi yetakchi mutaxassisi S.Y.Hamidova kirish sо‘zi bilan ochib berdi.
Dastlab Qashqadaryo viloyat XTXQTMOHM direktori fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent A.S.Mallayev о‘z ma’ruzasida bugungi globallashuv davrida ta’lim tizimidagi islohotlar, ta’lim samaradorligini oshirishda xalqaro tajribalarning ahamiyati, shuningdek, konferensiyadan kо‘zlangan maqsad haqida о‘z fikrlarini bayon qildi.
О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Malaka oshirish va qayta tayyorlash ta’lim muassasalarini attestatsiyadan о‘tkazish bо‘limi bosh mutaxassisi SH.H.Usanov о‘quvchilarning tanqidiy va ijodiy fikrlash, axborotni mustaqil izlash, tahlil qilish kompetensiyalari va malakalarining rivojlanishiga alohida urg‘u berishni hisobga olgan holda, zamonaviy innovatsion iqtisodiyot talablariga javob beradigan umumta’lim dasturlari va yangi davlat ta’lim standartlarini joriy etish, ushbu vazifalarni amalga oshirish yо‘lida xalqaro tadqiqotlarda muvaffaqiyatli ishtirok etish о‘ziga xos о‘rin tutishini ta’kidlab, tadqiqotlarning о‘ziga xos xususiyatlari, nazorat-sinov materiallarining ishlab chiqilishi haqida tavsiyalar berdi.
О‘zbekiston Respublikasi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini baholash bо‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish Milliy markazi direktori A.A.Ismoilov ma’ruzasida ta’lim sifatini baholash bо‘yicha xalqaro tajribalarni о‘rganish, mavjud tizimni har tomonlama qiyosiy tahlil qilish, tegishli yо‘nalishdagi xalqaro va xorijiy tashkilotlar, agentliklar, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan yaqindan hamkorlik qilish, ta’lim sifatini baholash bо‘yicha xalqaro loyihalarni amalga oshirish, zamon talablariga javob beradigan munosib milliy baholash tizimini takomillashtirish yuzasidan taklif va fikr mulohazalarini bildirdi.
Ta’lim sifatini baholash bо‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish Milliy markazi direktor о‘rinbosari F.G‘.Xolmirzayev о‘quvchilarni ijodiy g‘oyalari va ijodkorligini har tomonlama qо‘llab-quvvatlash, ularning bilim, kо‘nikma va malakalarini davlat ta’lim standartlari asosida shakllantirish hamda ilg‘or xorijiy tajribalar, xalqaro mezon va talablar asosida baholash tizimini takomillashtirish bо‘yicha fikr mulohazalari va tavsiyalarini berdi.
Qashqadaryo viloyat Xalq ta’limi bо‘limi boshlig‘i A.A.Himmatov “Xalqaro baholash dasturlarida ishtirok etish bо‘yicha amalga oshirilgan ishlar va galdagi vazifalar” mavzusidagi ma’ruzasi orqali Onlayn konferensiya ishtirokchilarini viloyat Xalq ta’limi bо‘limiga qarashli umumiy о‘rta ta’lim muassasalarida xalqaro baholash dasturlarida ishtirok etish bо‘yicha amalga oshirilgan ishlar bilan tanishtirdi va galdagi vazifalar yuzasidan о‘z fikr mulohazalarini bildirdi.
A.Avloniy nomidagi Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi dotsenti, pedagogika bо‘yicha falsafa doktori (PhD) D.A.Xidoyatova“Pandemiyaning malaka oshirish sohasida I-ta’limni rivojlantirishdagi roli” mavzusidagi ma’ruzasi bilan ta’lim jarayonida sezilarli darajadagi islohotlar kirib kelganligini, bu islohotlar pedagog va rahbar, mutaxassis xodimlarning malakasini oshirish jarayonini sergaklikka va ta’limda namuna kо‘rsata olishlari uchun ulkan vazifalarni oldiga qо‘yganligini e’tirof etdi. D.A.Hidoyatova I-ta’limni amalga oshirish g‘oyalarini qо‘llab quvvatlab, ularga kerakli tavsiya va yо‘llanmalarni bera olish kompetensiyalariga ega bо‘lishlari yuzasidan о‘z taklif va tavsiyalarini berib о‘tdi.
Toshkent shahar XTXQTMOHM professori, fizika-matematika fanlari nomzodi B.Q.Haydarov“Maktabda matematika о‘qitishning dolzarb muammolari” mavzusidagi ma’ruzasi orqali matematika ta’limi muammolari, yechimlar, matematika о‘qituvchilarining kasbiy mahoratini oshirish masalalarini yoritib, о‘quvchilarning matematik savodxonligini xalqaro loyihalar asosida baholash jarayoniga tayyorgarlik yuzasidan tavsiyalar berib о‘tdi.
Loyihaning Qashqadaryo viloyatidagi koordinatori B.Ochilov “Xalqaro baholash dasturlarida muvaffaqiyatli ishtirok etish ta’lim sifatini oshirishning muhim omili” mavzusidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etib, xalqaro baholash dasturlarida muvaffaqiyatli ishtirok etish yо‘llari, ta’lim sifatini takomillashtirishdagi ahamiyati haqida sо‘zladi.
Qashqadaryo viloyat XTXQTMOHM Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari bо‘yicha falsafa doktori (PhD) M.J.Shodiyeva ”Malaka oshirish tizimida о‘qituvchilarni о‘quvchilarning о‘qish savodxonligini baholash sohasidagi xalqaro loyihalarni amalga oshirishga yо‘naltirish: PISA va PIRLS xalqaro baholash dasturlari asosida)” mavzusidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etib, PISA va PIRLS xalqaro baholash dasturlari talablari asosida topshiriqlar ishlab chiqish va о‘quvchilar faoliyatini baholash yuzasidan tavsiyalar berdi.
Qashqadaryo viloyat XTXQTMOHM “Amaliy fanlar va maktabdan tashqari ta’lim” kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi D.N.Razzoqov “Amaliy fanlarni samarali о‘qitishda kreativ yondashuv – xalqaro baholash dasturiga о‘tish asosi sifatida” ma’ruzasi orqali STEAM pedagogikasi asosida о‘quvchilarni kreativ fikrlashga о‘rgatish, o‘quvchilarni xalqaro baholash tadqiqotiga tayyorlash yuzasidan taklif va tavsiyalar berib о‘tdi.
Qashqadaryo viloyat XTXQTMOHM Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim kafedrasi katta о‘qituvchisi M.B.Abduxoliqova ”Oо‘quvchilarning tabiiy fanlar asosida egallagan bilim, kо‘nikma, malaka va kompetensiyalarining shaxsiy, ijtimoiy va kasbiy faoliyatidagi ahamiyati” mavzusidagi ma’ruzasi orqali PISA va TIMSS xalqaro baholash tadqiqotlari orqali о‘quvchilarning tabiiy savodxonligini aniqlash va baholash usullari, shu asosda ishlab chiqilgan kognitiv topshiriqlar bilan ishtirokchilarni tanishtirdi.
Qashqadaryo viloyat XTXQTMOHM katta о‘qituvchisi SH.X.Eshmurodov tomonidan “Adaptatsiya teksta v uchebnix selyax” mavzusidagi ma’ruzasi orqali xalqaro loyihalarni amalga oshirish yuzasidan tavsiyalar berib о‘tdi.
Ma’ruzachilar Qashqadaryo viloyat XTBga qarashli umumiy о‘rta ta’lim muassasalarining о‘qituvchilari tomonidan berilgan savollarga javob berishdi.
Ma’ruzalardan sо‘ng A.Avloniy nomidagi Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti kafedra mudiri D.Nazarova, Toshkent shahar XTXQTMOHM professori, fizika-matematika fanlari nomzodi B.Q.Haydarov, Farg‘ona viloyat XTXQTMOHM о‘qituvchisi H.Hamroqulov, Toshkent viloyat XTXQTMOHM katta о‘qituvchisi X.Muhammadiyeva, Xorazm viloyat XTXQTMOHM katta о‘qituvchisi SH.Masharipova hamda Qashqadaryo viloyat XTBga qarashli umumiy о‘rta ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan о‘qituvchilar Onlayn konferensiya va ma’ruzalarda e’tirof etilgan dolzarb masalalar yuzasidan о‘z fikr mulohazalarini, xalqaro loyihalarni amalga oshirish yuzasidan taklif va tavsiyalarini aytib о‘tishdi.
Shuningdek, Qashqadaryo viloyat XTXQTMOHM professor-о‘qituvchilari tomonidan quyidagi shubalarda ish olib borildi:
1. Malaka oshirish tizimida о‘qituvchilarni ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro loyihalarni amalga oshirishga yо‘naltirish.
2. Malaka oshirish tizimida о‘qituvchilarning о‘quvchilarda atrof-muhit va tabiiy fanlar о‘rtasidagi bog‘lanishni anglash kо‘nikmalarini shakllantirishga doir innovatsion salohiyatini rivojlantirish (TIMSS va PISA xalqaro baholash dasturlari asosida).
3. Malaka oshirish tizimida о‘qituvchilarni о‘quvchilarning hayotiy va о‘quv faoliyatlarida matematik mulohazalardan foydalanish amaliyotiga yо‘naltirish (TIMSS va PISA xalqaro baholash dasturlari asosida).
4. Malaka oshirish jarayonida о‘qituvchilarni о‘quvchilarning о‘qish savodxonligini baholash sohasidagi xalqaro loyihalarni amalga oshirishga yо‘naltirish (PISA va PIRLS xalqaro baholash dasturi asosida): milliy yondashuv va xalqaro tajribalar.
Yuqoridagilar asosida, Onlayn konferensiya yakunidaXalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish jarayoniga tayyorgarlik kо‘rish, xalqaro tadqiqot talablari asosida topshiriqlar ishlab chiqish, malaka oshirish tizimida о‘qituvchilarni ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro loyihalarni amalga oshirishga yо‘naltirish yuzasidan xulosa va tavsiyalar ishlab chiqildi.
Onlayn konferensiya tashkilotchisi – Qashqadaryo viloyat XTXQTMOHM Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari bо‘yicha falsafa doktori (PhD) M.J.Shodiyeva.
Vedio lavhalar