вписать адрес сайта
Qashqadaryo_moi@xtv.uz
Saytning
maxsus versiyasi
» » "Psixolog bilan bir kun" aksiyasini o'tkazildi
18
aprel
2025

"Psixolog bilan bir kun" aksiyasini o'tkazildi

Har qanday ta'lim maskanida ta'lim-tarbiyani to'g'ri, ilmiy asosda tashkil etish uchun bu jarayonning o'ziga xos psixologik qonuniyatlarini, mexanizmlarini, shuningdek, mustaqil hamda ijobiy tafakkur jarayonini zamonaviy bilimlar asosida tarkib toptirishning samarali usullarini bilmoq lozim.
Qashqadaryo viloyati PMM Pedagogika, psixologiya va ta'lim menejmenti kafedrasi o'qituvchisi O.Abadov hamda Qarshi Xalqaro universiteti Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi professor-o'qituvchilari va psixologlari hamkorligida maktablar amaliyotchi psixologlari uchun "Psixolog bilan bir kun" aksiyasini o'tkazilib kelinmoqda.
Joriy yil 17-aprel kuni bo'lib o'tgan navbatdagi tadbirda tinglovchilarga psixologiya, xususan, pedagogik psixologiyaning yosh avlod ta'lim-tarbiyasida tutadigan o'rni, maqsadi va vazifalari haqida ma'lumotlar berildi hamda o'quvchi-yoshlar bilan ishlashda samarali natija beradigan ta'lim metodlari o'rgatildi.скачать dle 12.0