24
fevral
2022
"Umumta'lim maktabi psixologlari ish faoliyati samaradorligini oshirish, yangi metodik qo'llanmalardan foydalanish va ish faoliyatini samarali yo'lga qo'yish" mavzusida o'quv-amaliy seminari tashkil etildi.
2022-yil 22-fevral kuni Qamashi tumani xalq ta'limi bo'limi tasarrufidagi umumta'lim maktablari amaliyotchi psixologlari uchun Qashqadaryo viloyat xalq ta'limi boshqarmasi, Qashqadaryo viloyat XTXQTMO Hududiy markazi, Qashqadaryo viloyat prokuraturasi hamda Qarshi davlat unversiteti hankorligida "Umumta'lim maktabi psixologlari ish faoliyati samaradorligini oshirish, yangi metodik qo'llanmalardan foydalanish va ish faoliyatini samarali yo'lga qo'yish" mavzusida o'quv-amaliy seminari tashkil etildi. Seminarda umumta'lim maktablari amaliyotchi psixologlari faoliyati tanqidiy tahlil qilinib, ish faoliyatini samaradorligini oshirish yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi. Tadbirda ma'ruzachilar bugungi kun amaliyotchi psixologining vazifalari, o'quvchi yoshlar tarbiyalashga psixologik yondoshuv va mavzu doirasida bir qator masalalar haqida fikr-mulohazalarini bildirdilar. Seminarda mumta'lim maktabi psixologlari ish faoliyati samaradorligini oshirish, yangi metodik qo'llanmalardan foydalanish va ish faoliyatini samarali yo'lga qo'yish bo'yicha amaliy tavsiyalar berildi. Seminar davomida olingan taassurotlar barcha ishtirokchilarda kelajakdagi faoliyatlarini muvofiqlashtirish uchun xizmat qiladi.