17
oktyabr
2023
2023-yil 13-oktabr kuni Pedagogika, psixologiya va ta’lim menejmenti" kafedrasi tasarrufidagi "Maktab amaliyotchi psixologlari" guruxi tinglovchilari va mazkur kafedra professor-o’qituvchilari bilan Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi
"Imkoniyati cheklangan bolalarni ta’lim jarayoniga moslashtirish masalalari" mavzusida tashkil etilgan davra suhbati
H I S O B O T I
2023-yil 13-oktabr kuni Pedagogika, psixologiya va ta’lim menejmenti" kafedrasi tasarrufidagi "Maktab amaliyotchi psixologlari" guruxi tinglovchilari va mazkur kafedra professor-o’qituvchilari bilan Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi Karshi mintakaviy filiali xamkorligida "Imkoniyati cheklangan bolalarni ta’lim jarayoniga moslashtirish masalalari" mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatini Pedagogika, psixologiya va ta’lim menejmenti kafedrasi mudiri dots. T.Rasulev ochib berdi va hozirgi tezkor taraqqiyot davrida yosh avlodni har tomonlama sog’lom va barkamol qilib o’stirish borasida pespublikamizda olib borilayotgan islohotlar, o’zgarishlar, yoshlar ongi va tafakkurini rivojlantirish, jismoniy sog’lomligiga ahamiyat berish to’g’risida fikr-mulohazalar bildirdi.
Davra suhbatida Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi Qarshi mintaqaviy filialining xodimlari G.Beknazarova va F.Fayziyeva farzandlarimizning me’yorida ta’lim-tarbiya olishi, ham jismoniy, ham aqliy-ma’naviy rivojlanishi yo’lida har birimiz mas’uliyat bilan mehnat qilishimiz, xususan bu borada Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi Qarshi mintaqaviy filialida davlatimiz tomonidan yaratilgan shart-sharoitlar, olib boriladigan muolajalar, ota-onalar uchun yaratilgan qulayliklar, bu markazdan shifo topib, hozirgi kunda hech qanday qiyinchiliklarsiz ta’lim-tarbiya jarayonini davom ettirayotgan bolalar, bu markazning ahamiyatli tomonlari va boshqalar haqida tadbir ishtirokchilariga qimmatli ma’lumotlarni berdilar hamda tinglovchilarning qiziqtirgan savollariga javob qaytardilar.
Pedagogika, psixologiya va ta’lim menejmenti kafedrasi katta o’qituvchisi H.Yaratov imkoniyati cheklanganlik muammosi, uning kelib chiqish sabablari, oldini olish chora-tadbirlari haqida fikrlarini bayon qildi.
Davra suhbati tinglovchilarda katta qiziqish uyg’otdi va qatnashchilar o’zlari uchun kerakli hamda muhim ma’lumotlarni oldilar. Shu bilan davra suhbati o’z ishini yakunladi.
Tadbir tashkilotchilari: G.Beknazarova
F.Fayziyeva
H.Yaratov
D.Bekmuradova 13.10.2023-yil