вписать адрес сайта
Qashqadaryo_moi@xtv.uz
Saytning
maxsus versiyasi
» » Pedagogika, psixologiya va ta’lim menejmenti kafedrasi tomonidan “Inspektor-psixolog va maktab amaliyotchi psixologlari hamkorligida maktab jamoasi ma’naviy-ruhiy muhitini shakllantirish muammolari” mavzusida seminar tashkil etildi.
19
iyun
2023

Pedagogika, psixologiya va ta’lim menejmenti kafedrasi tomonidan “Inspektor-psixolog va maktab amaliyotchi psixologlari hamkorligida maktab jamoasi ma’naviy-ruhiy muhitini shakllantirish muammolari” mavzusida seminar tashkil etildi.

Qashqadaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o’rgatish milliy markazining Pedagogika, psixologiya va ta’lim menejmenti kafedrasi tomonidan “Inspektor-psixolog va maktab amaliyotchi psixologlari hamkorligida maktab jamoasi ma’naviy-ruhiy muhitini shakllantirish muammolari” mavzusida seminar tashkil etildi. Tadbirda Qarshi shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi “Yoshlar va voyaga yetmagan yoshlar o’rtasida jinoyatchilikni oldini olish” bo’limi rahbari Elyor Qo’ziyev, Qarshi tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi metodisti va mutaxassislari mehmon sifatida ishtirok etdi.
Seminarni “Pedagogika, psixologiya va ta’lim menejmenti” kafedrasi mudiri dots. T.Rasulev kirish so’zi bilan ochib berdi va bugungi kunda inspektor-psixologlarning jamiyat hayotida, xususan maktab ta’lim-tarbiya jarayonidagi tutgan o’rni, ular ahamiyat berishi kerak bo’lgan vazifalar, maktab amaliyotchi psixologlari bilan hamkorlikda amalga oshirishi lozim bo’lgan muhim vazifalar haqida fikr-mulohazalar bildirdi.

скачать dle 12.0