вписать адрес сайта
Qashqadaryo_moi@xtv.uz
Saytning
maxsus versiyasi
» » Maktabda ijodiy ko'rgazma o'tkazildi
03
mart
2025

Maktabda ijodiy ko'rgazma o'tkazildi

Joriy yilning 1-mart kuni Qarshi shahridagi 1-umumiy o'rta ta'lim maktabida shoira, jurnalist, tarjimon va jamoat arbobi, O'zbekiston xalq shoirasi Zulfiyaxonim tavalludining 110 yilligi munosabati bilan maktabning 8-sinf o'quvchisi Zulfiya Sodiqova ijodidan ko'rgazma tashkil qilindi va o'quvchining turli mavzularda ishlangan ijodiy ishlari namoyish etildi.

Ko'rgazmada Qashqadaryo viloyati pedagogik mahorat markazi MXKB metodistlari N.Bakiyeva va O'.Imomnazarovalar ishtirok etishib, iste'dodli o'quvchi bilan muloqot olib bordilar hamda uning ijod namunalari haqida o'z fikr-mulohazalarini bildirdilar.скачать dle 12.0