вписать адрес сайта
Qashqadaryo_moi@xtv.uz
Saytning
maxsus versiyasi
» » NISHON TUMANI: YANGI TRENINGLAR NAMOYISHI
14
noyabr
2024

NISHON TUMANI: YANGI TRENINGLAR NAMOYISHI

Bugun, ya’ni joriy yilning 14-noyabr kuni Qashqadaryo viloyati pedagogik mahorat markazi, Maktabgacha va maktab ta’lım boshqarmasi hamda Nishon tuman MMTB hamkorligida Nishon tumanidagi 35-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Boshlang‘ich sinf tarbiya darslarini o‘qitishning zamonaviy metodikasi va 4K ko‘nikmalarini shakllantirish” mavzusidagi o‘quv seminar bo‘lib o‘tdi...

Unda PMM Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta`lim kafedrasi professor-o‘qituvchilari, Nishon tuman MMTBga qarashli maktablar boshlang‘ich ta`lim fani metodbirlashma rahbarlari, umumiy o’rta ta’lim maktablari boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari ishtirok etdilar.

Seminarni Nishon tuman Maktabgacha va maktab ta’limi boʻlimi boshligʻi B.Davlonov kirish so‘zi bilan ochib berdi va seminar mavzusining bugungi kundagi dolzarb jihatlari haqida to‘xtaldi.

Maktab direktori X.Shotoʻrayev va markazimizning Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim kafedrasi professor-o‘qituvchilari S.Rasulova, D.Azizova, D.Shaxmurodova va MXKB boshlang’ich ta’lim metodisti G.Tursunovalar tadbir mavzusiga oid qonun hujjatlari, mamlakatimizda ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar, maktablar faoliyati, qolaversa, seminar mavzusidan kelib chiqqan holda maktablarning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida XXI asr ko‘nikmalarini shakllantirish, ularda 4K ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasi haqida, umumta’lim muassasalarida tarbiya fanini joriy etishning dolzarbligi hamda Maktabgacha va maktab ta’lim vazirining 2024-yil 7-avgustdagi 246-sonli buyrug‘i mazmun-mohiyati xususida gapirdilar, tadbir qatnashchilari bilan muzokaralar olib bordilar.  

Shu bilan birga mazkur o‘quv seminarda PMM professor-o‘qituvchilari va tumanning turli umumta’lim maktablari boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining trening mashg‘ulotlari sinfxonalarda mohirona tarzda o‘tib berildi.  

Tadbirning badiiy qismida maktab o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan ko‘rgazmalar, ashula va raqslar namoyish etildi.   

скачать dle 12.0