вписать адрес сайта
Qashqadaryo_moi@xtv.uz
Saytning
maxsus versiyasi
» » "ZO'R! (KLASS!") loyihasi doirasida o'tkazilgan tadbir
20
sentabr
2024

"ZO'R! (KLASS!") loyihasi doirasida o'tkazilgan tadbir

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Rossiya Maorif vazirligi bilan hamkorlikda "ZO'R! (KLASS!") loyihasining navbatdagi bosqich faoliyatini yurtimizda amalga oshirayotgan Gertsen nomidagi Rossiya Davlat pedagogika universiteti mutaxassisi Nikitina Yekaterina Yuryevna viloyat Pedagogik mahorat markazi metodik xizmat ko'rsatish bo'limi rus tili fani metodisti G.Sultanova bilan hamkorlikda joriy yilning 19-sentabr kuni Qarshi shahridagi 9-maktabda fan o'qituvchilari ishtirokida "Yangi avlod" darsliklari haqida suhbat tashkil etdilar.
Jarayonda o'qituvchilar fikri o'rganildi, takliflari inobatga olindi, o'quvchilar bilan suhbat olib borildi.
Shuningdek, maktab direktori O.Uzoqova hamda xorijlik mutaxassis o‘rtasida mamlakatimizda ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar haqida o‘zaro fikr almashildi.скачать dle 12.0