вписать адрес сайта
Qashqadaryo_moi@xtv.uz
Saytning
maxsus versiyasi
» » «Tillarni o‘rganishda raqamli texnologiyalar roli»
29
noyabr
2024

«Tillarni o‘rganishda raqamli texnologiyalar roli»

Joriy yil 28-noyabr kuni Samarqand Davlat chet tillar institutida roman-german fakultetining fransuz filologiyasi kafedrasi tomonidan tashkil etilgan “Zamonaviy til fanlari: an’anaviy va istiqbolli yo’nalishlar” mavzusuda bo’lib o’tgan respublika ilmiy-amaliy anjumanida Qashqadaryo viloyati pedagogik mahorat markazi MXKB fransuz va nemis tili fani metodisti S.Raxmatullayeva ham online tarzda «Tillarni o‘rganishda raqamli texnologiyalar roli» nomli maqolasi bilan ishtirok etdi hamda ushbu maqola nashr etish uchun qabul qilindi.
Maqolada til o‘rganishda raqamli texnologiyalar yordamida o‘zlashtiriladigan metodikalar va bu jarayonning afzalliklari ko‘rib chiqiladi.
Binobarin, hozirgi kunda raqamli texnologiyalar hayotimizning barcha jabhalariga kirib borgan. Xususan, ularning ta’lim sohasidagi o'rni beqiyos. Zero, zamonaviy texnologiyalar, internet, mobil ilovalar va onlayn platformalar til o‘rganishning yangi imkoniyatlarini yaratmoqda.скачать dle 12.0