04
aprel
2022
U.To`rayevaning «Fanning yangi tahrirdagi DTS, modernizatsiya qilingan o‘quv dasturlari, darslik va o‘quv qo‘llanmalari va ularning tahlili” mavzusidagi ochiq dars mashg`uloti bo`lib o`tdi.
2022-yil 2-aprel kuni Ona tili va adabiyot yo`nalishi guruhida Tillarni o`qitish metodikasi kafedrasi kata o`qituvchisi, f.f.d. (PhD) U.To`rayevaning «Fanning yangi tahrirdagi DTS, modernizatsiya qilingan o‘quv dasturlari, darslik va o‘quv qo‘llanmalari va ularning tahlili”mavzusidagi ochiq dars mashg`uloti bo`lib o`tdi. Dars mashg`uloti interfaol texnologiyalar asosida tashkil etildi. Tinglovchilar dars davomida fanga oid yangiliklar, ta’lim tizimidagi o`zgarishlar bo`yicha ma`lumotlarga ega bo`ldilar, shuningdek ular o`z fikr-mulohazalarini ham bildirdilar.