Fransuz tili o'qituvchilari Fransiya davlatining nufuzli oliygohlariga stajirovkaga yuboriladi
Maktabgacha va maktab vazirligi tomonidan Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda fransuz tili o‘qituvchilarini Fransiya davlatining nufuzli oliygohlariga stajirovkaga yuborish yuzasidan yangi loyihaga start berilgan.
Qashqadaryo viloyatidan 7 nafar fransuz tili o‘qituvchilari malaka oshirish kurslarining 2-bosqichini Samarqand shahrida joylashganL'ALLIANCE FRANÇAISE da o'tashayapti.Loyihaning 1-bosqichi doirasida joriy yilning 7-may kunlari Qashqadaryo viloyati fransuz tili ustozlari bilimlari “Ev@lang” platformasi orqali baholandi. Test jarayonlari Qashqadaryo VPYMOʻM markazida bo'lib o'tgan edi.
1-bosqich natijalariga muvofiq 2-bosqichga tavsiya etilgan 7 nafar o‘qituvchi uchun 30 soatlik malaka oshirish kurslari 10-iyunda boshlangan va bugun nihoyasiga yetadi.
Malaka oshirish kurslari fransiyalik malakali mutaxassislar tomonidan olib borilmoqda.
Ushbu loyihaning keyingi bosqichida o‘qituvchilar15 soatlik onlayn shaklda malaka oshirish kurslarida ishtirok etishi va 4-bosqichda ularni Fransiyaning nufuzli — Nitsa va Grenobl oliygohlariga stajirovkaga yuborish rejalashtirilgan.
Qashqadaryo VPYMO'MM nemis va fransuz tili metodisti S.Raxmatullayeva viloyatimiz fransuz tili o'qituvchilarining malaka oshirish jarayonlarini kuzatib, “ l'Alliance Française de Samarkand” da bo'ldi va dars jarayonlarida ishtirok etdi.