11
mart
2021
NEMIS TILI O‘QITUVCHILARINIG II MOBIL ANJUMANI
O‘zbekistondagi Gyote instituti 2021 yilning 12-13 mart kunlari Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahrida nemis tili o‘qituvchilarinig II mobil anjumanini o‘tkazishni rejalashtirgan. Tadbirda ishtirok etish uchun Qashqadaryo viloyatidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari, Akademik litsey va kasb-hunar maktablari nemis tili o‘qituvchilari taklif etiladi. Anjumandan oldin Gyote instituti mas’ul xodimi Dildora Muhammadaminova Qashqadaryo viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi direktori A. Mallayev bilan suhbatlashdi hamda O‘zbekistondagi Gyote Instituti va hududiy markaz o‘rtasida Qashqadaryo viloyatidagi nemis tili o‘qituvchilarini xorijiy tillarni o‘qitishdagi yangi, zamonaviy uslublar bilan, shuningdek, o‘quvchilarning nemis tilidagi bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan turli loyihalar bo‘yicha kelishuv shartnomasi imzolanadigan bo’ldi.