23
noyabr
2024
XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN O'TKAZILDI
2024-yil 22-noyabr kuni Qashqadaryo viloyati Pedagogik mahorat markazida markazning Uzluksiz kasbiy ta’limni tashkil etish bo‘limi tomonidan oflayn va onlayn tarzda tashkillashtirilgan “Maktab o‘qituvchilarining uzluksiz kasbiy rivojlantirish samaradorligini oshirish istiqbollari: tajriba va tahlil” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.
Anjumanda yurtimizdagi bir qancha nufuzli tashkilotlar vakillari qatorida Turkiya, Filippin, Rossiya kabi davlatlardan ishtirokchilar o‘z ma’ruzalari bilan qatnashib, o'qituvchilar uchun o'quv, ijtimoiy va kasbiy qo'llab-quvvatlash tizimini rivojlantirish istiqbollarini belgilashda mamlakatimizda o'qituvchilarga bo'lgan ehtiyojlarni o'rganish asosida pedagog xodimlarni tayyorlash va ular bilan samarali ishlash istiqbollari haqida so‘z yuritildi, yuqori pedagogik ta'lim jarayonlariga erishgan mamlakatlar tajribasi tahlil etildi.