31
oktyabr
2022
Bugun 2022 yil 31-oktabr kuni Qashqadaryo viloyati PYMO`MMda “Xalq ta’limi xodimlarini "Uzluksiz kasbiy rivojlantirish"ga moslashish jarayonining ijtimoiy-pedagogik muammolari” mavzusidagi Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman o`tkazildi.
Bugun 2022 yil 31-oktabr kuni Qashqadaryo viloyati PYMO`MM Pedagogika, psixologiya va ta'lim texnologiyalari kafedrasi tomonidan “Xalq ta’limi xodimlarini "Uzluksiz kasbiy rivojlantirish"ga moslashish jarayonining ijtimoiy-pedagogik muammolari” mavzusidagi Respublika miqyosidagi (onlayn) ilmiy-amaliy anjuman o`tkazildi. Anjumanni markaz direktori Mallayev Amin Sayfullayevich kirish so`zi bilan ochib berdi. Viloyat hokimimg ta`lim bo`yicha halqaro maslahatchisi finlandiyalik mutaxassis Petri Lounaskorpi, Qashqadaryo viloyat XTB monitoring bo’limi boshlig’i A.Nasimov hamda oliy ta’lim va xalq ta’limi muassasalari professor-o‘qituvchilari, ilmiy izlanuvchilari o‘z nutqlari, maqola va tezislari bilan ushbu anjumanda ishtirok etdilar.