18
sentabr
2021
29-umumiy o‘rta ta’lim muassasasida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari ishtirokida “UZLUKSIZ KASBIY RIVOJLANTIRISH TIZIMIDAGI ISLOHOTLAR” mavzusida o‘quv seminar tashkil qilindi.
2021 yil 18 sentabr kuni Qashqadaryo viloyat XTXQTMOHM Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim kafedrasi tomonidan Qarshi shahar XTBga qarashli 29-umumiy o‘rta ta’lim muassasasida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari ishtirokida “UZLUKSIZ KASBIY RIVOJLANTIRISH TIZIMIDAGI ISLOHOTLAR” mavzusida o‘quv seminar tashkil qilindi. Seminarda “Uzluksiz kasbiy ta’limning afzalliklari va istiqboldagi rejalar”, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 25-yanvardagi “Xalq ta’limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4963 sonli qarorining mazmuni va belgilangan vazifalar”, “O‘quvchilar o‘quv faoliyati natijalariga qo‘yiladigan talablar va baholash mezonlari” mavzusida ma’ruzalar qilindi. Shuningdek, “Milliy o‘quv dasturining mazmuni va o‘quv-tarbiya jarayoniga sifatli joriy etish amaliyoti” mavzusida master-klass mashg‘uloti tashkil qilindi.