вписать адрес сайта
Qashqadaryo_moi@xtv.uz
Saytning
maxsus versiyasi
» » INKLYUZIV TA'LIM: MUAMMOLAR, YECHIMLAR, TAKLIFLAR
14
noyabr
2024

INKLYUZIV TA'LIM: MUAMMOLAR, YECHIMLAR, TAKLIFLAR

Respublika ijtimoiy moslashuvi markazi Qarshi mintaqaviy filialida Qashqadaryo viloyati Pedagogik mahorat markazi Pedagogika, psixologiya va ta’lim menejmenti kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan “Inklyuziv ta’lim: muammolar, yechimlar, takliflar” mavzusida viloyat seminari o‘tkazildi.

Seminarda kafedra mudiri, katta o‘qituvchi D.Yovkochdiyeva hamda katta o‘qituvchilar – N.Baratova, H.Yaratov, D.Bekmuradovalar O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo’lgan bolalarga ta’lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to’g’risida”gi 638-sonli qarorining mazmun-mohiyati, bolalarning qobiliyatlari va holatidan qat'i nazar, ularning barchasiga sifatli ta'lim tqadim etilishi lozimligi haqida gapirdilar.

Tadbirda, shuningdek, filial bosh mutaxassisi G.Beknazarova “Imkoniyati cheklangan bolalarni umumta’lim yoki maxsus maktab-internatlarga moslashishini ta’minlovchi omillar” mavzusida, yetakchi mutaxassis K.Turdiyeva “Hozirgi kunda respublikamizda imkoniyati cheklangan bolalar bilan olib boriladigan ishlar” mavzusida, mahorat markazi Pedagogika, psixologiya va ta’lim menejmenti kafedrasi dotsenti G.Abduqahhorova “Imkoniyati cheklangan (aqliy rivojlanishida nuqsoni bo’lgan) bolalarni o’qitishda inklyuziv ta’limning o’rni” mavzusidagi ma’ruzalari tinglandi.

Tumanlardan maktab amaliyotchi psixologlari ham seminarda o‘z ma’ruzalari bilan qatnashib, alohida ta’lim ehtiyojlari bor bo’lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish usullari haqida o‘z mulohazalarini bildirdilar.

Tadbir qatnashchilari Respublika bolalar ijtimoiy-moslashuv markazi Qashqadaryo mintaqaviy filiali hayoti va u yerda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar, o’tkazilgan seminar bo’yicha yakuniy xulosa va tavsiyalar qilindi.

скачать dle 12.0