Seminar inklyuziv ta'limga bag'ishlandi
Ayni paytda Qashqadaryo viloyati PYMO'MM konferensiya zalida markaz Pedagogika, psixologiya va ta’lim menejmenti kafedrasi tomonidan tashkillashtirilgan “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida inklyuziv ta’limni yaxshilash yo‘llari” mavzusiga bag‘ishlangan viloyat seminari bo‘lib o‘tmoqda.
Seminarni Pedagogika, psixologiya va ta’lim menejmenti kafedrasi mudiri, dotsent T.Rasulev ochib berdi hamda inklyuziv ta’limni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishda maktab amaliyotchi psixologlarining vazifalari haqida ma’ruza qildi.
Tadbirga, shuningdek,Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi “O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish va psixologik xizmat sho‘basi” mudiri A.Meyliyeva va yetakchi mutaxassis S.Mirzayeva, respublika Bolalar ijtimoiy moslashuv markazi Qarshi mintaqaviy filialidan bosh mutaxassis G.Bekknazarova va yetakchi mutaxassis K.Turdiyevalar ham o‘z ma’ruzalari bilan qatnashish uchun kelishgan.
Bundan tashqari, bo‘lib o‘tayotgan seminar mavzusi yuzasidan milliy markaz Pedagogika, psixologiya va ta’lim menejmenti kafedrasi katta o‘qituvchilari D.Shaniyazova, L.Meyliyeva, L.Berdiyeva hamda Qarshi shahridagi 21- va 4-umumiy o‘rta talim maktablari o‘qituvchi-logoped va maktab psixologlari A.Umarova, D.Alimovalar, Shahrisabz shahar 13-umumiy o‘rta ta’lim maktabidan o‘qituvchi-logoped D.Hamroyevalar ham inklyuziv ta’lim bo‘yicha ma’ruzalari bilan qatnashadilar.