вписать адрес сайта
Qashqadaryo_moi@xtv.uz
Saytning
maxsus versiyasi
» » Qashqadaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi va Qashqadaryo viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘quv-amaliy seminarga tashkil etildi.
26
oktyabr
2023

Qashqadaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi va Qashqadaryo viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘quv-amaliy seminarga tashkil etildi.

Qashqadaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi va Qashqadaryo viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi bilan hamkorlikda 2023-yil 26-oktabr kuni Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim kafedrasi hamda Pedagogika, psixologiya va ta’lim menejmenti kafedrasi tomonidan «Umumta’lim muassasalarida inklyuziv ta’limni tashkil etishning pedagogik, psixologik jihatlari» mavzusidagi o‘quv-amaliy seminarga tashkil etildi. Seminarni PYMO‘MM direktori, Mallayev A.S f.f.n., dotsent. Kirish so‘zi “Umumta’lim maktablarida inklyuziv ta’limni tashkil etish – davr talabi” mavzusidagi ma’ruza bilan ochib berdi. Jarayon davomida jumladan:
Rasulev T.Q. Pedagogika, psixologiya va ta’lim menejmenti kafedrasi mudiri, p.f.n.dotsent. “Inklyuziv ta’limni tashkil etishda umumta’lim maktablari rahbarining vazifalari”, Shodiyeva M.J. Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim kafedrasi mudiri, p.f.d., professor. “Boshlang‘ich ta’limda inklyuziv sinflarni tashkil etishning amaliy ahamiyati”, Meyliyeva A. Qashqadaryo viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi shu’ba mudiri “Umumta’lim maktablarida inklyuziv ta’limni tashkil etishning huquqiy me’yoriy asoslari”, Abduholiqova M. Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim kafedrasi dotent v/b.” Inklyuziv ta’limning maqsadi va bugungi kundagi dolzarbligi”, Yavkochdiyeva D. Pedagogika, psixologiya va ta’lim menejmenti kafedrasi katta o‘qituvchisi “Nuqsonli bolalar bilan ishlashda pedagogning emotsional toliqishini oldini olish va bartaraf etish usullari” mavzularida ma’ruzalar tinglashdi va o‘quv-amaliy seminarning amaliy jarayonida seminar ishtirokchilari jalb qilgan holda Amaliy topshiriqlar hamda trening mashg‘ulotlari tashkil etildi. Ishtirokchilar amaliy jarayonni maroq bilan bajadilar.

скачать dle 12.0