вписать адрес сайта
Qashqadaryo_moi@xtv.uz
Saytning
maxsus versiyasi
» » Fransuz tili o‘qituvchilarini Fransiyaning nufuzli oliygohlariga stajirovkaga yuboriladi
20
iyun
2024

Fransuz tili o‘qituvchilarini Fransiyaning nufuzli oliygohlariga stajirovkaga yuboriladi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda fransuz tili o‘qituvchilarini Fransiyaning nufuzli oliygohlariga stajirovkaga yuborish yuzasidan yangi loyihaga start berilgan edi.

Qashqadaryo viloyatidan 7 nafar fransuz tili o‘qituvchilari malaka oshirish kurslarining 2-bosqichini Samarqand shahrida joylashgan  L'ALLIANCE FRANÇAISE da o'tadi.

Barcha viloyatlarning fransuz tili maktab o'qituvchilari uchun milliy treningninglar bo'lib o'tdi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi hamda “Frankofoniya” o‘quv markazi (Nitsa) bilan hamkorlikda o‘tkazilgan ushbu trening o‘qituvchilarning lingvistik va didaktik bilimlarini kengaytirish bilan birga musiqiy iste’dodlarini yuzaga chiqarish imkonini ham berdi.

Kursni tamomlagan barcha o‘qituvchilarga  sertifikatlar topshirildi. Ular Frankofoniyada  stajirovka qilish doirasida 23-iyunda  Nitsa shahriga borish imkoniyatiga ega bo'ladilar.

Samarqand Fransuz Alyansi o'z hamkorlariga, xususan, Xalina KUTASEVYCH, Ksenya TOLCHEEVA, Miranda LOMIDZE va Agnes VOLPON hamda fransuz tili murabbiylariga ko'rsatgan yordamlari uchun samimiy minnatdorchilik bildiradi.

скачать dle 12.0