26
sentabr
2023
"Tajriba-sinov maktablarida bilimni baholashning yangi tartibini joriy etish to'g'risida"gi 248-sonli buyrug'iga asosan Qarshi shahar 10-maktab, 4-maktab, 50-maktab, 34-maktablarida o'quv-seminarlari tashkil etildi.
O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining 2023-yil 27-iyuldagi 192-sonli buyrug'i hamda 2023-yil 16-avgustdagi "Tajriba-sinov maktablarida bilimni baholashning yangi tartibini joriy etish to'g'risida"gi 248-sonli buyrug'iga asosan Qarshi shahar 10-maktab, 4-maktab, 50-maktab, 34-maktablarida o'quv-seminarlari tashkil etildi. O'quv seminarda Qashqadaryo viloyati Pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazining Metodik xizmat ko'rstish bo'limi metodistlari Ona tili va adabiyot metodisti, bo'lim boshlig'i G.Karimova, O'zbek tili metodisti O'. Imomnazarova, Biologiya fani metodisti U.Egamberdiyeva va Kimyo fani metodisti M.Ergashevalar tomonidan metodik yordam berildi