07
yanvar
2023
Qashqadaryo viloyat pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazida “Finlandiya tajribasini amaliyotga joriy etish” mavzusida o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2022 yil 21 noyabrdagi “Finlandiya tajribasi asosida yaratilgan zamonaviy maktab darsliklarini o‘qitishning metodikalarini o‘rgatish haqida”gi 326-sonli buyrug‘i hamda 2022-yil 27-dekabrdagi 02-392-sonli “Finlandiya tajribasi asosida yaratilgan 1-4-sinf darsliklarini tajriba-sinovdan o‘tkazish jarayonlarini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi” ijrosini ta’minlash maqsadida Qashqadaryo viloyat pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazida “Finlandiya tajribasini amaliyotga joriy etish” mavzusida kafedra mudiri M.Shodiyeva va o`qituvchi G.Qosimovalar tomonidan o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.
O‘quv-amaliy seminarda viloyat xalq ta’limi boshqarmasi metodistlari, umumiy o‘rta ta’lim maktablarining O‘IBDO‘lari, boshlang‘ich sinflar metodbirlashma rahbarlari, xorijiy tillar hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlari o‘qituvchilari ishtirok etishdi.