вписать адрес сайта
Qashqadaryo_moi@xtv.uz
Saytning
maxsus versiyasi
» » Qashqadaryo viloyati PM da 18 soatlik o‘quv kursiga start berildi
24
avgust
2023

Qashqadaryo viloyati PM da 18 soatlik o‘quv kursiga start berildi

Qashqadaryo viloyati PM da 18 soatlik o‘quv kursiga start berildi
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023 yil 15 maydagi “Umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun 2023-2024-o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv rejani tasdiqlash to‘g‘risida”gi 125-son buyrug‘ida ko‘rsatilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadidajoriy yilning 14-17-avgust kunlari

Toshkent shahrida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun “Ilg‘or tajribalar asosida yaratilgan o‘quv dasturi va darsliklarni amaliyotga joriy etish” mavzusida 36 soatlik o‘quv kurslari tashkil etilgan edi. Mazkur kursni tamomlagan o‘qituvchilar (trenerlar) 2023-2024 o‘quv yilidan boshlab, hududlarda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun uch bosqichli kaskad usulida o‘quv kurslarini tashkil etishlari nazarda tutilgan.

Shu asosda 2023 yil 24 avgust kuni Qashqadaryo viloyat pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazida boshlang‘ich ta’lim metod birlashma rahbarlari uchun 18 soatlik malaka oshirish kursiga start berildi. Mazkur o‘quv kursi A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milly-tadqiqot instituti tomonidan tasdiqlangan o‘quv reja va dastur asosida tashkil etilmoqda.

2023 yilning 24-26 avgust kunlari tashkil etilishi rejalashtirilgan ushbu o‘quv kursida viloyatdagi 1216 nafar maktablarda faoliyat yuritayotgan boshlang‘ich ta’lim metod birlashma rahbarlari ilg‘or tajribalar asosida yaratilgan darsliklarni boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari tomonidan amaliyotga samarali joriy etish, o‘quv-tarbiya jarayoniga o‘qitish va baholashning maqbul metodlarini, jumladan, 4K modelini joriy etish, bunda yangi darsliklar, o‘qituvchi kitobi va o‘quvchilar uchun mashq daftari asosida o‘quv-tarbiya jarayonini sifatli tashkil etish yuzasidan tegishli bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishadi. Mazkur kursni tamomlagan tinglovchilar o‘quv kursi davomida olgan bilimlarini o‘zlari faoliyat yuritayotgan maktab jamoasiga yetkazishadi. Kurs yakunida tinglovchilarga sertifikatlar taqdim etiladi.


скачать dle 12.0