вписать адрес сайта
Qashqadaryo_moi@xtv.uz
Saytning
maxsus versiyasi
» » 2023-yil 16-iyun kuni matematika fanidan qayta tayyorlov kurslarini muvaffaqiyatli tugallagan tinglovchilarga diplomlarni tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
16
iyun
2023

2023-yil 16-iyun kuni matematika fanidan qayta tayyorlov kurslarini muvaffaqiyatli tugallagan tinglovchilarga diplomlarni tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Xabaringiz bor, Xalq ta’limi vazirligining 2022-yil 17-oktabrdagi “Xalq ta’limi tizimida oliy ma’lumotli pedagog kadrlarni kasbiy va pedagogik qayta tayyorlash kurslarini takomillashtirish va o‘quv-meyoriy hujjatlarni ishlab chiqish samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi 321-sonli buyrug‘iga asosan Qashqadaryo viloyat pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazida bir qator qayta tayyorlov kurslari faoliyat olib bormoqda. 2023-yil 16-iyun kuni matematika fanidan qayta tayyorlov kurslarini muvaffaqiyatli tugallagan tinglovchilarga diplomlarni tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirni milliy markazning o‘quv va metodik ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari tarix fanlari doktori, professor Dilshod Komolov ochib berdi. Tadbir davomida qayta tayyorlov kursi bitiruvchilari ustozlardan kerakli bilim va tushunchalarni olganliklarini mamnunlik bilan ta’kidlab o‘tdilar. Shu tariqa 24 nafar kasbiy qayta tayyorlov guruhi bitiruvchilari kelgusida yurtimizning ta’lim sohasidagi muvaffaqiyatlariga o‘z hissalarini qo‘shish maqsadida olg‘a qadam tashlashdi.

скачать dle 12.0