вписать адрес сайта
Qashqadaryo_moi@xtv.uz
Saytning
maxsus versiyasi
» » Seminar so’ngida master-trenerlar joriy yilning bahor va yoz oylarida 60 soatlik malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli tamomlaganliklari uchun TESOL xalqaro assotsiyasining sertifikatlari topshirildi
16
avgust
2022

Seminar so’ngida master-trenerlar joriy yilning bahor va yoz oylarida 60 soatlik malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli tamomlaganliklari uchun TESOL xalqaro assotsiyasining sertifikatlari topshirildi

O’zbekiston Respublikasida Xalqaro ta’lim bo’yicha Amerika Kengashlari tomonidan A.Avloniy nomidagi milliy- tadqiqot instituti bilan hamkorlikda olib borilayotgan “Ingliz tilida so’zlashuvchi millat” (ESN- English Speaking Nation) loyihasi doirasida umumta’lim maktablarining ingliz tili fani o’qituvchilari malakasini oshirish kurslari kaskad uslubida tashkil etilib kelinmoqda. Shu kunga qadar ushbu kurslarda o’qigan master-trenerlar tomonidan sentyabr-oktyabr oylarida hududlarda umumta’lim maktablarining ingliz ili fani o’qituvchilari bilan treninglar tashkil etishda so’nggi ko’rsatmalarni berish uchun Xalqaro ta’lim bo’yicha Amerika Kengashlari tomonidan 16-avgust kuni Qashqadaryo viloyati Pedagogika Markazida seminar- trening tashkil etildi.

Qashqadaryo viloyati uchun biriktirilgan ESN treneri Karen Kuhel hududlardan tashrif buyurgan 33 nafar master-trenerlar uchun mashg’ulotlar o’tkazdi. Ushbu kursning maqsadi ingliz tili o’qituvchilari orasidan master-trenerlar tayyorlashdan iboratdir.

Seminar so’ngida master-trenerlar joriy yilning bahor va yoz oylarida 60 soatlik malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli tamomlaganliklari uchun TESOL xalqaro assotsiyasining sertifikatlari topshirildi.

Sertifikatlarni topshirish jarayonida markaz direktori A.S. Mallayev ishtirok etib, trenerlarning yutuqlari bilan samimiy tabriklab, ularning keyingi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi.

скачать dle 12.0