07
iyun
2023
Samarqand viloyati pedagogika markaziga Qashqadaryo viloyati pedagogika markazi rahbari va professor-o‘qituvchilari tashrif buyurdi.
Samarqand viloyati pedagogika markaziga Qashqadaryo viloyati pedagogika markazi rahbari va professor-o‘qituvchilari tashrif buyurdi. Qashqadaryo viloyati pedagogika markazi direktori, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent A.S.Mallayev ta‘lim va ilmiy loyihalarni amalga oshirishda o‘zaro hamkorlik qilishdan manfaatdor ekanligini alohida ta‘kidladi. Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad ikki pedagogika markazi xodimlari o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘lib, bu bo‘yicha memorandum imzolandi. Memorandumning samaradorligini oshirish maqsadida tomonlar quyidagi shakllar va yo‘nalishlarda hamkorlikni amalga oshiradilar:
- qayta tayyorlash va Pedagogika markazi guruhlariga ta’lim sohasida seminar-treninglar va ilmiy-amaliy konferensiyalarga jalb qilishda yordam ko‘rsatish;
- ta’lim sohasida ilg‘or innovatsiyalarni joriy etish yo‘nalishida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
- qayta tayyorlash va Pedagogika markazi guruhlari tinglovchilarida ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, Internet global tarmog‘idan samarali foydalanish kompetensiyalarini rivojlantirish;
- qayta tayyorlash va Pedagogika markazi tomonidan amalga oshirilayotgan yangiliklardan keng jamoatchilikni xabardor qilish maqsadida tadbirlarni hamkorlikda o‘tkazish va boshqa yo‘nalishlarda o‘zaro axborot almashish.
Tashrif davomida Qashqadaryo viloyati pedagogika markazi rahbar va professor-o‘qituvchilari tajriba almashish maqsadida o‘zaro darslarni tahlil qilishdi va mahorat darslarini o‘tib berishdi.