BOSHLANG‘ICH TA’LIM SIFATINI OSHIRISH– DAVR TALABI
BOSHLANG‘ICH TA’LIM SIFATINI OSHIRISH– DAVR TALABI
Qashqadaryo viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi tomonidan 2022 yil 29 aprel kuni “Modernizatsiya qilingan o‘quv dasturlari va darsliklarini amaliyotga samarali joriy qilish texnologiyalari: tahlil, metod va vositalar” mavzusida o‘tkazilgan Respublika onlayn ilmiy-amaliy konferensiyasi respublikamiz ziyolilari orasida katta qiziqish uyg‘otdi.
Konferensiyada Sirdaryo viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti professor-o‘qituvchilarihamda viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Hududiy markazlari, respublikamiz Oliy ta’lim muassasalari, xalq ta’limi tizimi tarkibiy tashkilotlari, jumladan, viloyat va tuman xalq ta’limi bо‘limlari, viloyatlar umumiy о‘rta ta’lim muassasalari, mustaqil izlanuvchilar va doktarantlar, magistr va talabalardan iborat jami 330 kishi (tuman XTBlari jamoa shaklida ishtirok etganligini inobatga olgan holda) ishtirok etdi.
Anjumanda Toshkent Davlat O'zbek tili va adabiyoti unveersiteti H.Qoraboyev, Qashqadaryo VXTXQTMOHM T.Rasulov, D.Komolov, M.Abduxoliqova, Qashqadaryo viloyati XTB uslubchisi U.Rustamov hamda Sirdaryo VXTXQTMOHMning O'quv va ilmiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari G.Berdaliyevalar ma'ruzalari bilan ishtirok etishdi. Mazkur anjumanda Sirdaryo VXTXQTMOHMning kafedra professor-o'qituvchilari, bo'lim xodimlari ham ishtirok etishdi.Onlayn konferensiyani dastlab Qashqadaryo viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i To’lqin Karimov kirish so‘zi bilan ochib berdi va anjuman ishtirokchilarini tabriklab, Modernizatsiya qilingan o‘quv dasturlari va darsliklarini amaliyotga samarali joriy qilish texnologiyalari: tahlil, metod va vositalari haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, ishtirokchilarni kelgusidagi vazifalar bilan tanishtirdi.
Qashqadaryo viloyat XTXQTMOHM direktori, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent Mallayev Amin Sayfullayevich Anjuman ishtirokchilarini tabriklab Qashqadaryo viloyat XTXQTMOHMning Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim kafedrasining professor o‘qituvchilari tomonidan tashkil etilgan “Modernizatsiya qilingan o‘quv dasturlari va darsliklarini amaliyotga samarali joriy qilish texnologiyalari: tahlil, metod va vositalar” mavzusidagi konferensiya oltita sho‘bada ish olib borishi haqida ma’lumot berdi:
1-yo‘nalish: Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar.
2-yo‘nalish: Filologiya.
3-yo‘nalish: Pedagogika va psixologiya.
4-yo‘nalish: Tabiiy va aniq fanlar.
5-yo‘nalish: Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim.
6-yo‘nalish: Amaliy fanlar.
Shuningdek, A.S.Mallayev respublikamiz miqyosida malaka oshirish tizimi bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar va amalga oshirilishi lozim bo‘lgan dolzarb vazifalar to‘g‘risida ma’lumotlar berib, konferensiya ishiga muvaffaqiyat tiladi.
Sirdaryo viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi direktori o‘rinbosari Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsentBerdaliyeva Gulasal Abduqunduzovnaо‘z ma’ruzasida maktabgacha ta’limda masofaviy ta’limni rivojlantirishviloyat xalq ta’limi Masofaviy ta’lim an’anaviy maktabgacha ta’lim faoliyatini to`ldirishi, bolalarning har tomonlama shakllanishida ijobiy ahamiyat kasb etishi shubhasiz ekanligini . Bola uyg’un rivojlanishi kerak, bunda har qanday samarali usulni qo`llash o`rinliekanligini shuningdek, konferensiyadan kо‘zlangan maqsad haqida о‘z fikrlarini bayon qildi. Berdaliyeva Gulasal Abduqunduzovnao‘zso‘zidaMasofaviy ta’lim texnologiyalaridan samarali foydalanish orqali MTT pedagog xodimlarning uzluksiz kasbiy rivojlanishini ta’minlash mumkin ekanligini ta’kidlab konferensiya ishiga muvaffaqiyat tiladi.