вписать адрес сайта
Qashqadaryo_moi@xtv.uz
Saytning
maxsus versiyasi
» » 2021 yil 26 noyabr kuni Qashqadaryo viloyat XTXQTMOHM tomonidan “Boshlang‘ich ta’lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta’lim muhiti” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani tashkil qilindi.
27
noyabr
2021

2021 yil 26 noyabr kuni Qashqadaryo viloyat XTXQTMOHM tomonidan “Boshlang‘ich ta’lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta’lim muhiti” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani tashkil qilindi.

2021 yil 26 noyabr kuni Qashqadaryo viloyat XTXQTMOHMtomonidan Boshlang‘ich ta’lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta’lim muhiti”mavzusidaRespublika ilmiy-amaliy anjumani tashkil qilindi.

Anjumanni A.Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti direktor o‘rinbosari, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent Bahromov Anvar Ahrorovich kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Qashqadaryo viloyat XTXQTMOHMdirektori, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent Mallayev Amin Sayfullayevich Anjuman ishtirokchilarini tabriklab, respublikamiz miqyosida malaka oshirish tizimi bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar va amalga oshirilishi lozim bo‘lgan dolzarb vazifalar to‘g‘risida, Qashqadaryo viloyat xalq ta’limi boshqarmasi Monitoring bo‘lim boshlig‘i Nasimov Alisher Meyliyevich viloyat xalq ta’limi tizimida olib borilayotgan islohotlar, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining Qashqadaryo viloyat bo‘limi boshlig‘i Ravshanov Sobir Markayevich viloyatda xalqaro baholash tadqiqotlariga tayyorgarlik ko‘rish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar.

Shundan so‘ng Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU dotsenti, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori(Ph.D.), boshlang‘ich sinflar uchun yaratilgan ”Ona tili va o‘qish savodxonligi” darsligi va Milliy o‘quv dasturi mualliflaridan biri Mavlonova Klaraxon Maxmutovna, Qarshi DU dotsenti, pedagogika fanlari doktori Nurullayeva Shahlo O‘ktamovna, Toshkent shahar XTXQTMOHM kafedra mudiri, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori(Ph.D.) Mamatova Gulshan Amanqulovna, Qarshi davlat universiteti huzuridagi Shahrisabz pedagogika instituti kafedra mudiri, pedagogika fanlari nomzodi Hamroyev Shuhrat Eliyevich, Qashqadaryo viloyat XTXQTMOHM direktor o‘rinbosari, tarix fanlari nomzodi, dotsent Komolov Dilshod Po‘latovich, shuningdek, mazkur Hududiy markazning kafedra mudiri, falsafa fanlari nomzodi, dotsent Rasulov Toshbotir Qarshiyevich, Sirdaryo viloyat XTXQTMOHM direktor o‘rinbosari Berdiyeva Gulasal Abduqunduzovna, Respublika talim markazi mutaxassisi, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun yaratilgan Milliy o‘quv dasturi va darsliklar taqrizchisi Karimova Fotima Botirovna, Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti magistranti Xudoyqulova Fazilat Bo‘riyevna, Qashqadaryo viloyat Koson tuman XTBga qarashli 94-maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Jumayeva Mahkamtosh G‘iyosiddinovna, Qashqadaryo viloyat Shahrisabz tuman boshlang‘ich ta’lim metodisti Mansurova Dilnoza Ibragimovna va boshqalar tomonidan ma’ruzalar olib borildi.

скачать dle 12.0