22
yanvar
2022
"Boshlang‘ich ta'limga zamonaviy yondashuvlar" mavzusida onlayn vebinar bo‘lib o‘tdi.
2022 yil 21 yanvar kuni Sirdaryo, Qashqadaryo, Samarqand viloyatlari xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlari hamda Ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish Milliy markazi hamkorligida "Boshlang‘ich ta'limga zamonaviy yondashuvlar" mavzusida onlayn vebinar bo‘lib o‘tdi. Vebinarda “Milliy o‘quv dasturi bo‘yicha o‘quvchilar bilim, ko‘nikma, malakalarini baholashning mazmuni”, Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matnni o‘qib tushunish darajalarini shakllantirish va rivojlantirish”, “PIRLS tadqiqotlariga tayyorlashda STesting platformasidan foydalanish” mavzularida treninglar o‘tkazildi.