вписать адрес сайта
Qashqadaryo_moi@xtv.uz
Saytning
maxsus versiyasi
» » 10- sentyabr kuni agentlikning Qashqadaryo viloyati hududiy rahbari Sardor Sadikov hamda “Tillarni o’qitish metodikasi” kafedrasi tasarrufiga kirgan ingliz tili guruhi tinglovchilari ishtirokida davra suhbat tashkil etildi.
17
sentabr
2021

10- sentyabr kuni agentlikning Qashqadaryo viloyati hududiy rahbari Sardor Sadikov hamda “Tillarni o’qitish metodikasi” kafedrasi tasarrufiga kirgan ingliz tili guruhi tinglovchilari ishtirokida davra suhbat tashkil etildi.

Yaqin kunlarda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijiy tillarni o’rganishni ommalashtirish agentligi Qashqadaryo viloyati hududiy vakilligi hamda Qashqadaryo viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markaz o’rtasida “Xorijiy tillarni o’rganish sohasini yanada rivojlantirish maqsadida zamon talablariga javob beradigan malakali kadrlar tayyorlash, xorijiy tillarni ommalashtirish va ilmiy tadqiqotlar sohasiga qaratilgan hamkorlik tadbirlarini amalga oshirish” to’g’risida hamkorlik MEMORANDUMI imzolangan edi.


Shu munosabat bilan 10- sentyabr kuni agentlikning Qashqadaryo viloyati hududiy rahbari Sardor Sadikov hamda“Tillarni o’qitish metodikasi” kafedrasi tasarrufiga kirgan ingliz tili guruhi tinglovchilari ishtirokida davra suhbat tashkil etildi.

Sardor Sadikov tinglovchilarga mutaxassislik yuzasidan IELTS, TOEFL, CEFR imtihonlarida ishtirok etib sertifikatga ega bo’lishlari talab va shartlarihaqida, shuningdek yangi CAE (Cambrige Assessment Exam) Advanced C1 imtihoni imkoniyatlari to’g’risida ma’lumot berdi. Bundan tashqari Angliyaning London Universiteti bilan hamkorlik shartnomalari imzolangani borasida ma’lumotlar berildi.

скачать dle 12.0