вписать адрес сайта
Qashqadaryo_moi@xtv.uz
Saytning
maxsus versiyasi
» » Qashqadaryo viloyati Koson tumani 1- umumiy o'rta ta'lim maktabida Xorijiy tillar bo'yicha viloyat miqiyosida o'quv seminari va ochiq dars mashg'ulotlari o'tkazildi.
13
mart
2021

Qashqadaryo viloyati Koson tumani 1- umumiy o'rta ta'lim maktabida Xorijiy tillar bo'yicha viloyat miqiyosida o'quv seminari va ochiq dars mashg'ulotlari o'tkazildi.

2021 yil 12 mart kuni Qashqadaryo viloyati Koson tumani 1- umumiy o'rta ta'lim maktabida Xorijiy tillar bo'yicha viloyat miqiyosida o'quv seminari va ochiq dars mashg'ulotlari o'tkazildi. Bo'lib o'tgan smenar-treningda AQSH dan xalqaro ingliz tili o'qituvchisi Rogers Braina LEE hamda VXTB mutasaddilari ishtirok etishdi. Sinflar kesimida ochiq darslar, prezentatsiya va o'quv treninglar o'tkazilgandan so'ng, "Happy Navruz" mavzusida katta tadbir bo'lib o'tdi. Tadbirda o'quvchilar tomonidan qo'shiq, raqs, she'r, turli sahna ko'rinishlari ijro etildi. Xalqaro baholash dasturi IELTS imtihonidan yuqori ballni qo'lga kiritgan o'quvchilarning ingliz tilidagi dil izhorlari, kelajakdagi orzulari tinglandi. Tadbir so'ngida Rogers Braina LEE xonim barcha faol ingliz tili o'qituvchilariga hamda olimpiada va IELTS imtihonidan yuqori ballni qo'lga kiritgan o'quvchilarga diplom taqdim etdi.скачать dle 12.0