вписать адрес сайта
Qashqadaryo_moi@xtv.uz
Saytning
maxsus versiyasi
» » 2021 yilning 29-aprel sanasida “Ta’lim tizimida innovatsion jarayonlarni jadallashtirish” mavzusidagi Xalqaro onlayn anjumani o‘tkazildi.
30
aprel
2021

2021 yilning 29-aprel sanasida “Ta’lim tizimida innovatsion jarayonlarni jadallashtirish” mavzusidagi Xalqaro onlayn anjumani o‘tkazildi.

Xorijiy davlatlar hamda respublikamizning ko‘zga ko‘ringan mashhur olimlari, oliy ta’lim va xalq ta’limi muassasalari professor-o‘qituvchilari, ilmiy izlanuvchilar, taniqli uslubshunoslar o‘z nutqlari, maqola va tezislari bilan ushbu anjumanda ishtirok etdilar. Hududiy markaz direktori dots.A.S.Mallayev anjumanni ochib berdi. Shuningdek, anjumanning muvaffaqiyatli o‘tishiga tilak bildirib, Qashqadaryo viloyat Ombudsman vakili f.m.f.d., prof. M.T.Normurodov, Qashqadaryo viloyat Xalq Ta’limi Boshqarmasi metodik yordam ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i S.Ochilov so‘zga chiqdilar. Shundan so‘ng anjumanning asosiy qismi boshlandi va quyidagi professor-o‘qituvchilar o‘z ilmiy maqolalari bilan ishtirok etdilar:

SamDCHTI professori, f.f.d.Safarov Sh.S. “Hozirgi zamon tilshunosligining asosiy muammolari”. Samarqand, O‘zbekiston;

QVXTXQTMOMH direktor o‘rinbosari, f.f.d. Ernazarova G.H. “Bolaning fikrlash qobiliyatini shakllantirishda milliy she’riyatning roli”. Qarshi, O‘zbekiston;

QarDU professori, f.f.d.Yo‘ldoshev B.Y. “Abdulla Oripov ijodida adabiy tanqid va badiiy-estetik tafakkur yaxlitligi”. Qarshi, O‘zbekiston;

Konstantin Falsafa Universiteti Ta’lim fakulteti professori, PhD, Hashkova Alyona hamda katta o‘qituvchisi Miroslav Sebo. “Impact of COVID-19 on acceleration of education innovation process: Every medal has its reverse”. Nitra, Slovakiya;

Rossiya fuqarolik aviatsiyasi instituti aspiranti Marchuk Svetlana Vladimirovna. “Ispolzovaniye uchebnix slaydov na urokax russkogo yazika”. Sankt-Peterburg, Rossiya;

Konstantin Falsafa Universiteti katta o‘qituvchisi Katarina Velnitsova. “Acceleration of Machine Translation and its Quality”. Nitra, Slovakiya;

“English Speaking Nation” dasturi treyneri Rojers Briana Li. “Using Power Point in teaching English”. Amerika Qo‘shma Shtatlari;

A.I.Gersen nomidagi Rossiya Davlat Pedagogika Universiteti metodisti Novikova Viktoriya Viktorovna. “Diskursivnoye sobitiye kak yedinitsa obucheniya RKI”. Moskva, Rossiya;

QarDU professori, f.f.d.Jabborov X.J. “Millatning mavjudligi va tilning barhayotligi haqida ba’zi mulohazalar”. Qarshi, O‘zbekiston;

QarDU dotsenti, f.f.n.Markayev K.SH. “Lingvomadaniyatshunoslikning tilshunoslikdagi o‘rni”. Qarshi, O‘zbekiston;

QarDU dotsenti, f.f.n.Hamrayev Sh.E. “Boshlang‘ich sinflar uchun Turkistonlik jadidlarning yozgan darsliklari”. Qarshi, O‘zbekiston;

Xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiyaning tashkiliy qismini yakunlash uchun markaz direktor o‘rinbosari G.H.Ernazarova hamda til va adabiyot ta’limi kafedrasi mudiri D.T.Ibroximovalar so‘zga chiqdilar.скачать dle 12.0