10
mart
2021
“O‘quvchi standarlari nima va ular nima uchun muhim?” mavzusidagi vebinar
Bugun 10.03.2021 yilda A.Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot institutining bu galgi xalqaro vebinari “O‘quvchi standarlari nima va ular nima uchun muhim?” mavzusida bo‘lib o‘tdi. Vebinarni A.Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti direktori Ayubxon Radjiyev kirish so’zi bilan ochib berdi. "Delivery Associates" tashkiloti yetakchisi, xalqaro ta’lim eksperti Jon Tulli, Respublika ta’lim markazi direktori- Shuhrat Sattorov, O‘zbekiston Barkamollik uchun ta’lim dasturi eksperti- Robert Lengache ma’ruza qilishdi. Vebinar o‘zbek va ingliz tillarida olib borildi hamda institutning rasmiy Facebook (https://www.facebook.com/avloniy.uz) sahifasi orqali ham jonli efirga uzatildi.
Vebinarda Qashqadaryo viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi professor-o‘qituvchilari hamda tinglovchilari ishtirok etishdi.
Vebinarda Qashqadaryo viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi professor-o‘qituvchilari hamda tinglovchilari ishtirok etishdi.