вписать адрес сайта
Qashqadaryo_moi@xtv.uz
Saytning
maxsus versiyasi
» » Qamashi tumanida seminar o'tkazildi
22
fevral
2025

Qamashi tumanida seminar o'tkazildi

Qashqadaryo viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, Qamashi tuman MMTB hamda viloyat Pedagogik mahorat markazi MXKB metodistlari hamkorligida  2025-yil 22-fevral kuni Qamashi  tumanidagi 64-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Umumiy o’rta ta’lim maktablarida tabiiy (kimyo, biologiya,  fizika va geografiya) fanlarini o’qitishdagi mavjud muammolarning amaliy yechimlarini hal etish yo’llari”  mavzusida hamda 2025-yil – Atrof-muhitni asrash va “Yashil iqtisodiyot” yili munosabati bilan viloyat o‘quv-metodik seminari tashkil etildi.

🔹Seminarda maktabdagi tajribali va ijodkor o'qituvchilar va markaz metodistlari tomonidan tabiiy fanlardan binar darslar, ochiq darslar tashkil etildi.
    
🔹Seminar ishtirokchilari tabiiy fanlar yo‘nalishidagi ochiq dars jarayonlarini kuzatdilar, tahlil jarayonida yutuqlar e’tirof etilib, dars mazmun va samaradorligini yanada yaxshilashga doir tavsiyalar berildi. 

🔹Seminar so‘ngida mehmonlar maktab hududidagi "Yoshlar bog‘i"da ko‘chat ekdilar.скачать dle 12.0