17
dekabr
2021
"YANGI O‘ZBEKISTON-YANGICHA DUNYOQARASH" g‘oyasi asosida viloyat amaliy-uslubiy seminari o‘tkazildi.
Joriy yilning 16-dekabr kuni Koson tumanidagi 94-umumiy o‘rta ta’lim maktabida Tarbiya va ijtimoiy fanlar (tarix, davlat va huquq asoslari) fan oyligi munosabati bilan "YANGI O‘ZBEKISTON-YANGICHA DUNYOQARASH" g‘oyasi asosida viloyat amaliy-uslubiy seminari o‘tkazildi. Seminarda Qashqadaryo viloyat xalq ta’limi boshqarmasi ijtimoiy fanlar metodisti Z. Hamrayev, Qashqadaryo viloyat XTXQTMOM katta o‘qituvchisi I.Batoshev, Koson tuman xalq ta’limi bo‘limi ijtimoiy fanlar metodistlari S.Xolmurodov, D.Quvvatov, tumandagi umumta’lim maktablarining tarix, davlat va huquq avsoslari, Tarbiya fani o‘qituvchilari ishtirok etishdi. O‘quv-amaliy seminar davomida ilg‘or ish tajribali fan o‘qituvchilari tomonidan “Mahorat darslari” o‘tib berildi. Koson tuman 72-umumta’lim maktabi o‘qituvchisi G.Yakubova hamda 73-umumta’lim maktabi o‘qituvchisi J.Eshmurodovlarning Tarbiya fanidan yaratgan metodik qo‘llanmalari taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Fan o‘qituvchilarga tegishli tavsiya va tushunchalar berilib, qiziqtirgan savollariga javob berildi.