Qashqadaryo XTXQTMOHMda MTT tarbiyachilari kursi 1-guruh tinglovchilari ishtirokida o’tkazilgan “Mahorat darsi”
2021- yil 25martda MTT tarbiyachilari kursi 1-guruhtinglovchilari ishtirokida“Mahorat darsi o’tkazildi. Mahorat darsida XTXQTMOHM direktor o’rinbosari G.Ernazarova, maktabgacha, boshlang`ich va maxsus ta`lim kafedrasi mudiri M.Shodiyeva, yoshlarni radikalizm ko’rinishlaridan saqlash xalqaro loyiha psixologi S. Xo’jaxonova, katta o’qituvchi S.Irisova, U. Karimova, MTT tarbiyachilari 1-guruh tinglovchilari.
Mahorat darsi rejasiga ko’raVXTXQTMO hududiy markaz direktori o’rinbosari G. Ernazarova kirish so’zi bilan mahorar darsini boshlashga ruhsat berdi. Rejada ko’rsatilgan birinchi masala yuzasidan MTT tarbiyachilari1 – guruh “Gullar bayrami” -mavzusida badiiy kompozitsion chiqishlari namoyish etishdi.So’ngra “Gullar bayrami” -mavzusidagi tinglovchilar tomonidan tabiiy va tashlandiq materiallar va turli xil rangli qog’ozlardan tayyorlangan gullarbayrami taqdimoti bo’lib o’tdi. Taqdimotda tinglovchilar har bir yasalgan gul va guldastalarning tayyorlash jarayoni va bosqichlarini tushuntirib, ko’rsatib berdilar. Bu noodatiy tadbirni o’tkazishdan maqsad MTT tarbiyachilarida kreativlik va ijodkorlik ko’nikmalarini shakllantish hamda ushbu tadbirni o’z tashkilotlariga borib ota-onalar va bolalar bilan tashkil etishlarini aytib o’tishdi.
Ikkinchi masala, “Ilk yoshdagi bolalarning psixologik xususiyatlari vaularga psixologik yodashuvni tashkil etish yo`llari” mavzudagi trening mashg`ulotni“Yoshlarni radekalizim ko`rinishlaridan saqlashxalqaro loyiha” psixologi Xo`jaxonova Sohiba olib bordi.Treningda MTT tarbiyachilari1-guruh tinglovchilarini kichik guruhlarga ajratib, ularga “Ilk yoshdagi bolalarning psixologik xususiyatlari vaularga psixologik yodashuvni tashkil etish yo`llari” mavzuda kichik ma’ruza olib bordi. Shundan so’ng kichik guruhlarga “Uch yoshli bolaning psixologik xususiyatlari” mavzusida topshiriq berildi. Har bir kichik gurux o’z taqdimotlarini namoyish qildilar. Trening trenerning mavzu asosidagi fikr muloxazalari asosida yakunlandi.
Uchinchi masala yuzasidan Irisova Sayyora “Maktabgacha, boshlang’ich va maxsus ta’lim”kafedrasi katta o’qituvchisitomonidan “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan davlat talablari’ni amaliyotga joriy etish texnologiyalari” mavzusidatreningmashg`ulot o’tkazildi.
Shuningdek, “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan davlat talablari”mazmun-mohiyati yoritib berildi. So’ngra tinglovchilar o’yin asosida kichik guruhlarga bo’linib davlat talablarining har bir sohasiga oid o’yin tashkil etib, ushbu amaliy topshiriqda o’yinning mavzusi, maqsadi va borishi, afzalliklari yoritib berish aytib o’tildi. Topshiriq yuzasidan har bir gurux taqdimoti o’tkazildi, trening yakunida trener tomonidan “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan davlat talablari” mavzusi bo’yicha har bir sohasiga oid o’yin mashg’ulotlari va trening tashkil etish usullari ko’rsatib o’tildi.
Tadbirni maktabgacha, boshlang’ich va maxsus ta’lim kafedrasi mudiri M.Shodiyeva yakuniy so’z bilan tamomladi.Bugungi kunda maktabgacha ta’lim sohasi isloh etilmoqda, ushbu mahorat darsida MTTda bolalar faoliyati faol, mazmunli va qiziqarli tashkil etish,bolalarni mustaqil fikrlashga va mustaqil bilim olishlarini ijodiy rirovlanishida “Gullar bayrami” va o’tkazilgan trening mashg’ulotlari ahamiyati haqida fikrlarini bildirib o’tdi.
Tadbir tashkilotchisi: maktabgacha, boshlang’ich va maxsus ta’lim kafedrasi