вписать адрес сайта
Qashqadaryo_moi@xtv.uz
Saytning
maxsus versiyasi
26
mart
2021

Mahorat darsi

Qashqadaryo viloyati XTXQTMO hududiy markazda 2021 yil 25 mart kuni 2-smena 1- juftlikning Boshlang’ich ta’lim- 6-guruhda “Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim” kafedrasi katta o‘qituvchisi M.Abduxoliqovaning “Boshlang‘ich ta’limda o‘qitiladigan fanlarning milliy o‘quv dasturlari va darsliklar tahlili” modulidan, “Umumiy о‘rta ta’limning adabiyot fanidan milliy о‘quv dasturi va “О‘qish kitobi” darsliklari tahlili” mavzusida Mahorat darsi bo‘lib o‘tdi. Mashg‘ulot qo‘yidagi shior asosida olib borildi TA’LIMGA KIRIB KELAYOTGAN YANGILIKLARDAN QO‘RQMANG, VAQT KELADIKI, ULAR BIZNING KUNDALIK EHTIYOJIMIZGA AYLANADI!
Mashg‘uloti davomida MILLIY O‘QUV DASTURINING FILOLOGIYA FANIDAN tayanch kompetensiyalari kоmmunikativ kompetensiyasi , aхborotlar bilan ishlash kompetensiyasi, o‘z-o‘zini rivojlantirish kompetensiyasi , ijtimoiy-emotsional va fuqarolik kompetensiyasi mazmun-mahiyati va 2020-2021 o ‘quv yili uchun nashr etilgan darsliklarning avvalgi darslikdan farqlari quyidagi “O‘Z O‘RNINI TOP” metodi, “NAMO-formuladan foydalanish”, “Tushunchalar tahlili” metodlaridan unumli foydalanib tahlil qilindi.
Shuningdek, O‘qish darslarida integratsiya va innovatsiyadan foydalanishning ahamiyatini va
O‘quvchilarda o‘qish malakalarini shakllantirishda qanday qiyinchiliklar duch kelasiz? mavzularida refleksiya o ‘tkazildi.скачать dle 12.0