вписать адрес сайта
Qashqadaryo_moi@xtv.uz
Saytning
maxsus versiyasi
» Nishon tumanida seminar tashkil etildi
24
sentabr
2024

Nishon tumanida seminar tashkil etildi

2024-yil 23-sentyabr kuni Pedagogika mahorat markazi metodik xizmat ko'rsatish bo‘limi metodistlari tomonidan Nishon tuman 35-umumiy o‘rta ta’lim maktabida "Tajriba-sinov maktablarida yangi baholash tartibini joriy etish" mavzusiga bag'ishlangan seminar tashkil etildi.

Seminarda MXKB o'zbek tili metodisti O'.Imomnazarova, boshlang'ich ta'lim metodisti G.Tursunova, rus tili fani metodisti G.Sultonova, ona tili va adabiyot fani metodisti M.Norqulova, informatika fani metodisti Sh.Botirovlar MMT vazirligining 248-sonli 246-sonli, 32-sonli, 190-sonli, 8-sonli buyruqlari haqida tadbir qatnashchilariga tushuncha berdilar.

Seminar so'ngida o'qituvchilarni qiziqtirgan savollariga markaz MXKB metodistlari tomonidan atroflicha javob berildi hamda ishtirokchilarga barcha hujjat va ma'lumotlarning elektron shakli taqdim etildi.
скачать dle 12.0