вписать адрес сайта
Qashqadaryo_moi@xtv.uz
Saytning
maxsus versiyasi
» » “Boshlang‘ich sinflarda o‘qitishning zamonaviy metodikasi”
22
oktyabr
2024

“Boshlang‘ich sinflarda o‘qitishning zamonaviy metodikasi”

Bugun, 22-oktabr kuni Koson tumanidagi 67-sonli maktabda “Boshlang‘ich sinflarda o‘qitishning zamonaviy metodikasi” mavzusidagi viloyat miqyosida tashkil etilgan amaliy-uslubiy seminar bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida ochiq darslar tahlil qilindi hamda seminar ishtirokchilariga "PISA-2025” Xalqaro tadqiqotlariga tayyorgarlik, MMTVning 2024-yil 7-avgustdagi "Kasbiy rivojlanish kuni va kasbiy rivojlanish soati tadbirlarini tashkil etish to‘g‘risida"gi 246-sonli buyrug‘i, MMTVning 7-fevraldagi "O‘qituvchilarning ilg‘or tajribasi va faoliyati davomida qo‘llab kelayotgan zamonaviy metodikalarni ommalashtirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida"gi 32-sonli buyruqlari haqida ma'lumotlar berildi.
Bo‘lib o‘tgan jarayonlarda Qashqadaryo viloyati PMM ning MXKB metodistlari D.Quvatov, G.Tursunova va J.Rasulovlar ham ishtirok etishib, bu boradagi o‘z tavsiya va maslahatlarini qatnashchilarga yetkazib berishdi.скачать dle 12.0