вписать адрес сайта
Qashqadaryo_moi@xtv.uz
Saytning
maxsus versiyasi
» » "Metodik tur" doirasida metodik yordam Dehqonobodda
27
sentabr
2024

"Metodik tur" doirasida metodik yordam Dehqonobodda

Navbatdagi "Metodik tur" doirasida metodik yordam ko'rsatish tadbirlari Qashqadaryo viloyati pedagogik mahorat markazi MXKB metodistlari D.Quvvatov, G.Karimova va M.Qayumovalar tomonidan Dehqonobod tumanidagi ta'lim sifati yuqori bo'lmagan 78-, 14-, 52-umumiy o'rta ta'lim maktablarida seminar tarzida tashkil etildi.
Tadbir davomida darslar tahlil qilindi, bitiruvchi sinflardan so'rovnoma olindi hamda ishtirokchilarga "PISA-2025” Xalqaro tadqiqotlariga tayyorgarlik, MMTVning 2024-yil 7-avgustdagi "Kasbiy rivojlanish kuni va kasbiy rivojlanish soati tadbirlarini tashkil etish to'g'risida"gi 246-sonli buyrug'i, MMTVning 7-fevraldagi "O'qituvchilarning ilg'or tajribasi va faoliyati davomida qo'llab kelayotgan zamonaviy metodikalarni ommalashtirish tartibini takomillashtirish to'g'risida"gi 32-sonli buyruqlari haqida ma'lumotlar berildi.скачать dle 12.0