вписать адрес сайта
Qashqadaryo_moi@xtv.uz
Saytning
maxsus versiyasi
» » TONGGI TADBIR O'ZBEK TILI BAYRAMI KUNIGA BAG'ISHLANDI
21
oktyabr
2024

TONGGI TADBIR O'ZBEK TILI BAYRAMI KUNIGA BAG'ISHLANDI

Bugun Qashqadaryo viloyati PMM da markazning Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan uyushtirilgan “Tonggi tilak” dasturi doirasidagi tadbir qutlug' sana - 21-oktabr - O'zbek tili bayrami kuniga bag‘ishlandi.
“O'zbek tilim - iftixorim” mavzusida tashkil etilgan mazkur motivatsion tadbirda kafedra jamoasi markaz xodimlari va o'qishga tashrif buyuruvchi tinglovchilarni kun davomida ularga xush kayfiyat hamroh bo'lishini tilash maqsadida turli xil qiziqarli o‘yinlar tashkil etishdi, zakovat savollari bilan murojaat qilishdi hamda bayram tabriklarini tashkillashtirishdi.
Shuningdek, tadbir mobaynida bugungi tarixiy sanadan kelib chiqqan holda, necha asrlar osha ajdodlarimizdan bizga bezavol o‘tib kelayotgan ona tilimizning ravnaqi va istiqboli haqidagi ma'lumotlar berildi, ushbu sanaga oid she'r va ashulalardan iqtiboslar keltirildi.скачать dle 12.0