вписать адрес сайта
Qashqadaryo_moi@xtv.uz
Saytning
maxsus versiyasi
» » “1-oktabr - O‘qituvchilar va murabbiylar kuni” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir
24
sentabr
2024

“1-oktabr - O‘qituvchilar va murabbiylar kuni” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir

O'qituvchi va murabbiylar hamma zamonda qadrlanib kelgan. «Ustoz otangdek ulug'», deya buyuk zotga ehtirom ko'rsatilishi ham bundan dalolat. Ayniqsa, bugungi kunda qalbi quyosh ustozlarni ardoqlash, ularga hurmat bajo keltirish qadriyat darajasiga ko'tarilgan. Yurtboshimiz va davlatimiz tomonidan ustozlarga doimiy e'tibor va g'amxo'rlik ko'rsatilib kelinmoqda.
Bugun, ya’ni 24-sentabr kuni Qashqadaryo viloyati PMM “Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda MTT malakasini oshirish kursi 2-guruh tinglovchilari hamkorligida o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir ham “1-oktabr - O‘qituvchilar va murabbiylar kuni” mavzusiga bag‘ishlandi.

Tadbirni Qashqadaryo viloyati PMM Maktabgacha, boshlang‘ich va va maxsus ta’lim kafedrasi mudiri p.f.d.(DsC), v/b. professor M.Shodiyeva kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Shuningdek, mazkur kafedra dotsenti, p.f.f.d (PhD) G.Qosimova, kafedra katta o`qituvchilari Y.Yo’ldosheva, D.Azizovalar ushbu tadbirda o‘z ma’ruzalari bilan qatnashdilar.
Maktabgacha ta’lim tarbiyachilari tinglovchilari tomonidan o‘qilgan O’qituvchi va murabbiyarni madh etuvchi she’rlar, sahna ko‘rinishlari hamda kuy va raqslar ijrosi barchaga manzur bo‘ldi.
Tadbir so‘ngida malaka oshirish kursi tinglovchilari ish faoliyatlari davomida uchraydigan vaziyatlar yuzasidan bir-birlari bilan o‘zaro fikr almashdilar.
скачать dle 12.0