вписать адрес сайта
Qashqadaryo_moi@xtv.uz
Saytning
maxsus versiyasi
» » «Pushkinning nomi naqadar jarangdor»
06
iyun
2024

«Pushkinning nomi naqadar jarangdor»

Dunyodagi har qanday xalqning donishmandligi va qalb nazokatini o`zida mujassamlantirgan shoiri bo`ladi. Rossiya, nafaqat Rossiya butun dunyo rusiyzabon kishilarida inson ma`naviy olamining musavviri, shubhasiz, Aleksandr Sergeyevich Pushkin hisoblanadi.
Pushkin haqda rus xalqining buyuk shoiri Aleksandr Blok: «Pushkinning nomi naqadar jarangdor», - deb ta`riflagan edi. Zero, Pushkin hali tiriklik paytidayoq eng buyuk rus milliy shoiri sifatida shon-shuhratga ega bo‘lgan shoirdir.
Bugun Qashqadaryo viloyati PYMO‘MMda milliy markaz professor-o‘qituvchilari hamda Qashqadaryo viloyati tatar-boshqird milliy-madaniy markazi jamoasi xodimlari hamkorligida ulugʻ rus adibi, yangi rus adabiyotining asoschisi, dramaturg va nasr yozuvchisi Aleksandr Sergeyevich Pushkin tavallud topgan kuniga 225 yil to‘lganligi munosabati bilan «И сквозь века и поколенья он не устанет удивлять» mavzusi ostida rus tili fani yo‘nalishi tinglovchilari ishtirokida madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda XIX asr birinchi yarmining eng obro‘li adabiyot arboblaridan biri bo‘lgan ulug‘ rus adibining hayoti va ijod yo‘li haqida ma’ruzalar qilindi, shoir she’rlari tadbir ishtirokchilari tomonidan turli tillarda yangradi.

скачать dle 12.0