вписать адрес сайта
Qashqadaryo_moi@xtv.uz
Saytning
maxsus versiyasi
» » Tadbir: “Biz korrupsiyaga qarshimiz!”
26
sentabr
2024

Tadbir: “Biz korrupsiyaga qarshimiz!”

Korrupsiya so‘nggi yillarda xalqaro miqyosda transmilliy jinoyat sifatida xalqaro tashkilotlar tomonidan keng muhokama qilinayotgan mavzulardan biridir.
Taʼkidlash lozimki, korrupsiya keltiradigan zarar barcha davlatlar uchun teng sanalib, mazkur illat davlatning turli sohalariga, xususan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy jabhalarida amalga oshirilayotgan islohotlarga hamda mamlakatning xalqaro maydondagi mavqeiga salbiy taʼsir ko‘rsatadi.

Ayni damda Qashqadaryo viloyati pedagogik mahorat markazida bo‘lib o‘tayotgan tadbir “Biz korrupsiyaga qarshimiz!” mavzusi ostida kechmoqda.
Qarshi shahar prokuraturasi xodimlari S.Toshpo‘latov hamda M.Xolmirzayevlar korrupsiya va uning salbiy oqibatlari, unga qarshi kurashish choralari, xususan, ta’lim sohasidagi korrupsion holatlar, jinoyatlar uchun javobgarlik, ushbu sohani korrupsiyasiz sohaga aylantirish masalalari yuzasidan ma’ruza qildilar.

-Oliy ta'limda korrupsiya shaxsiy va moddiy manfaat uchun vakolatni suiste'mol qilish hisoblanadi,- deyildi ma’ruzadan kelib chiqib tadbirda.- Vaholanki, ta'lim eng muhim davlat boyliklaridan biri sifatida baholanadi, ushbu sohadagi korrupsiya moddiy manfaatdorlik bilan birga shaxsiy (nomoddiy) manfaatni ham qamrab oladi. Shunday ekan, mamlakatimiz ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish, uning sifati hamda samaradorligini oshirish uchun, avvalambor, barchamiz bu illatga qarshi kurashmog‘imiz kerak, - deya iqtibos keltirdilar ma'ruzalaridan huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tadbir qatnashchilarini hushyorlikka chorlab. 
скачать dle 12.0